Qolva oyoq harakatlari:harakatlar, baravar navbatma-navbat, ketma-ket, shuningdek, o‘ng qo‘lni o‘ng tomonga, chap qo‘lni chap tomonga yo'naltirish, uning teskarisi, parallel, simmetrik va nosimmetrik bo'lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq tekislikdagi qo‘llarni bukmay va bukib bajariladi, qo'llar bukiiganda atamaga «bukish» so‘zi qo'shiladi. Masalan, qo‘llarni bukib, orqaga uzatish va shu kabilar. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi. Masalan, o'ng oyoqni bukish, o'ng oyoqni bukib oldinga uzatish, o'ng oyoqni bukib orqaga uzatish, o'ng oyoqni yon tomonga bukish, o'ng oyoqni bukib tizzani bir tomonga uzatish.
Qo'llarning dastlabki holati: qo'llar belda, yelkalarda, bosh ortida,ko'krak oldida, chalishtirilgan holda orqada va boshqalar.
Doira: qo'l, oyoq, boshni aylana bo'ylab harakatlantirish, shuningdek, oyoqlarni gimnastik vositalar tepasidan aylantirish.
Engashish: gavdani bukishni anglatadigan atama. Engashishning quyidagi turlari bor: to'la engashish, kerishib engashish, yarim- engashish, pastlatib oldinga engashish, orqaga engashib yerga yetish, oyoqlarni keng ochib engashish, quchoqlab engashish.
Muvozanat — shug'ullanuvchining bir oyoqda turgan, shuningdek, osilib yoki tayanib turgandagi yotiq holati. Muvozanatning quyidagi turlari farqlanadi: o'ng oyoqda, engashib muvozanat saqlash, yonlama, ortki, orqaga engashib, frontal, oyoqni ushlab, oyoqlarni yonga yozgan holda muvozanat saqlash.
Gimnastika vositalari bilan bajariladigan mashqlarga nom berishda vositaning holati, o'tiladigan yo'l asosiy belgi bo'lib hisoblanadi.
Qo‘llarni prujinasimon harakatlantirish — barcha bo'g'inlarni baravariga bukib, prujinasimon yaxlit harakat qilish turli yo'nalishlarda bajariladi.
To'lqinsimon — do'ngsimon yarimcho‘qqayishdan boshlana- digan, bo‘g‘inlarning ketma-ket biri yoziladigan, ikkinchisi bukilishidan iborat murakkab yaxlit harakat. Toiqinsimon harakatning quyidagi turlari bor: oldinga qarab to'lqinsimon, o'ng va chap tomonga to'lqinsimon harakatlar.
Mashqlarni yozish qoidalari va shakllari
Gimnastika mashqlarining qisqa va aniq yozilishi ularni tushunishda katta ahamiyatga ega. Belgilangan maqsadga qarab, u yoki bu yozish shakllari qo'llaniladi, umumlashtiriladi, aniq (atamalogik), qisqartirish yoki chizma shakllari yoziladi.
Gimnastika mashqlari mavjud qoidalar (yuqorida qayd qiiingan va belgilangan shakllar) asosida yozib boriladi.
Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi: gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari ucluin belgilangan yozish tartibi, yozishda qo'llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish. Quyida mazkur qoidalarni ко'rib chiqamiz.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni yozish. Alohida harakatni yozishda quyidagilar ko'rsatiladi:
1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat.
2. Harakat nomi (engashish, burilish, tebranish, cho'qqayish, yurish va boshq.).
3. Harakat yo'nalishi (o'ngga, orqaga va h.k.).
4. Agar zarur bo'lsa, oxirgi holati.
Bir vaqtda bajariladigan bir necha harakatni yozayotganda alohida harakatlarni yozishda ko'rinadiganlarini yozish qabul qiiingan, lekin oldin, odatda, gavda yoki oyoqlar bilan bajariladigan asosiy harakatni, keyin esa boshqalarni yozish kerak bo'ladi. Masalan, d.h. (dastlabki holat) oyoqlarni kerib tik turib, qo'llar yelkada, o'ng oyoqni bukib chapga engashish, qo'llarni yuqori ko'tarish.
Turli vaqtda bajariladigan bir necha bir xil harakat (bir marta bajarilsa ham) ularning bajarilish navbatiga qarab yoziladi. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik turish, qo'llarni yonga cho'zish.
O'ng qo'lni yoy shaklida pastga yo'naltirib, chap tomonga burilish, o'ng oyoq orqada, oyoq uchida, qo'llar oldinga, o'ng tizzaga tayanib turib, qo'llarni yuqoriga ko'tarish, boshm orqaga engashtirish.
Agar harakat boshqa harakatlar bilan qo'shilib kelsa (mashqning boshidan oxirigacha emas), uni birgalikda bajarilgan harakat bilan birlashtirib yozish kerak. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik turish, qo'llar belda, oldinga engashib qo'llarni yonga uzatib chapga burilish (burilish engashishning oxirida bajariladi).
Engashish va burilish bir vaqtda bajarilsa, «bilan» bog‘lovchisini qo'llash lozim. Agar harakat odatdagi usulda bajarilmasa, uni yozayotganda tasvirlab berish zarur. Masalan, qo'llarni oldinga yengil uzatish, panjalar bo'shashtirilgan.
Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy atamalar Hakkalash — turgan joyida yoki harakatda salgina sakrab qo'yish; qo'shhakkalash — ikki marta prujinasimon hakkalash, birinchisi asosiy, ikkinchisi qo'shimcha.
Sirtmoqli hakkalash — o'ng oyoqdan chap oyoqqa hakkalash, ikki aylantirib hakkalash, oyoq almashlab hakkalash, arg'amchini sherigiga berib hakkalash va boshq.
Jihozlarda bajariladigan mashqlar atamalari Tutish — jihozni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustidan tutish, ostidan tutish, turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish, tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoan tushirib qoldiriladi. Osilish — jihozda shug‘ullanuvchining yelkasi tutish nuqtasidan past bo'lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilish, bunda jihoz tananing bir muayyan qismi ko'pincha qo‘1 bilan tuti- ladi, aralash osilish — bunda gavdaning yana biron qismidan qo'shimcha tayanish uchun foydalaniladi. Oddiy osilish: osilish, qo'llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va shu kabilar. Aralash osilish: cho'qqayib osilish, turgan holatdan osilish, yotib osilish, turib osilish. Tayanish — shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan holat. Tayanishlar oddiy va aralash bo'ladi. Oddiy tayanishlar: tayanish, bilaklarga tayanish, qo'llarga tayanish, bukilib qo'ltiqlarga tayanish, orqadan tayanish, burchakli tayanish. Aralash tayanish: o'ng oyoqqa cho'qqayib tayanib chap oyoqni orqaga uzatish yoki orqaga uzatib oyoq uchini qo'yish, gavdani bukib qo'llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish va shu kabilar. O'tirish — jihozda o'tirgan holat. O'tirishning quyidagi turlari bor: qo'shpoyalarda oyoqlarni kerib o'tirish sonda o'tirish va boshq. Vositalar bilan bajariladigan mashqiarning boshlanishini quyidagi atamalar bilan ta’riflash mumkin: sakrab, yugurib kelib, osilib turib, tayanib turib, qo'llarda tayanib o'tirish va shu kabilar. Ко ‘tarilish — osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqoriroq tayanishga o'tish. Ko'tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuch bilan ko'tarilish, kuchlanib ko'tarilish, bir oyoqni siltab to'ntarilib ko'tarilish, oyoqda ko'tarilish, har ikki oyoqda ko'tarilish, gavdani rostlab ko'tarilish va boshq. Pastga tashlanish — ko'tarilishga teskari harakat. Asta-sekin tashlanishni pastga tushishi. Aylanish — gimnastikada tayanishdan boshlab, jihoz o‘qi atrofida aylanma harakatianish. Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish, katta aylanish. Burilish — gavdaning tik o‘qi atrofida harakatlanishi. Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish, oyoqni osmonga ko'tarib turib burilish va boshq.
Oyoqni osmonga uzatib turish — sportchining tanasini biron qismiga tayanib, oyoqlarini yuqoriga uzatgan tik holat. Bunday turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo'llarda, bir qo‘lda va boshq. Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, kerishib va kabilar.