3-amaliy mashg’ulot mavzu: qishloq xo’jaligi va biosfera reja



Yüklə 9,93 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü9,93 Kb.
#172531
3-amaliy mashg’ulot mavzu qishloq xo’jaligi va biosfera reja-fayllar.org


3-amaliy mashg’ulot mavzu: qishloq xo’jaligi va biosfera reja

1


3-AMALIY MASHG’ULOT 


MAVZU: QISHLOQ XO’JALIGI VA BIOSFERA 

Reja: 
1.

Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish zaruriyati.


2.

Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalar.



Ishning maqsadi: Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan mineral o’g’itlar va
pestitsidlar va ularning biosferaga ta’sirini o’rganish. Talabalarni biosferani 
muhofaza qilish va to’g’ri foydalanishga o’rgatish. Talabalarda biosfera
muhofazasi boyicha bilimlarini oshirishda adabiyotlar bilan ishlash malaka va 
ko’nikmasini hosil qilish.

Kerakli materiallar va jihozlar: O’zbekiston tuproqlari atlasi, O’zbekiston
yer resurslari atlasi, O’zbekiston ekologik kartasi, “O’zbekistonda atrof-muhitning 
holati va tabiiy resurslardan foydalanish” to’plam, mineral o’g’itlardan foydalanish
jadvali, ma’ruza matni, rangli qalamlar, yozuvsiz xarita. 


Nazariy material. Hozirgi kunga qadar qishloq xo’jaligi sohasida mineral
o’g’itlar va pestitsidlardan keng foydalanib kelingan. Oqibatda tirik organizmlar 
o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarning buzilishi, atrof-muhitning ifloslanishi,
zararkunanda populyatsiyalarning chidamli formalarini kelib chiqishi, aholini 
jiddiy kasalliklar bilan kasallanishi kabi holatlar yuzaga keladi.
O’simliklarga azotli o’g’itlarni ortiqcha berish ularning poyasini yotib qolishi, 
zararkunanda va kasalliklarga beriluvchanligini ortishi hamda ularni qurg’oqchil
va sovuqqa chidamlilik xususiyatlarini susaytirib yuborishi mumkin. Sug’orish 
jarayonida mineral o’g’itlar va pestitsidlarning 20% suv bilan yuvilib ketadi.
Ozuqa zanjirlariga o’tgan va to’plangan kimyoviy moddalar tirik organizmlarni 
zaharlashi va o’ldirishi mumkin.
Fosforli o’g’itlardan ortiqcha foydalanish tuproqda strontsiy, uran, radiy, 
toriylarning tabiiy radioaktiv birikmalarning to’planishiga sabab bo’ladi.
O’simlikni temir va ruxni o’zlashtirish qobilyati pasayadi. 

2
Kaliyli o’g’itlar atrof-muhitga uncha zarar etkazmasada, ammo u bilan birga 


tuproqqa tushgan yer osti suvlariga salbiy ta’sir etishi mumkin.


Pestitsidlardan qishloq xo’jaligida 
foydalanish ham
atrof

muhitni
ifloslanishiga olib keladi. Ular qishloq xo’jalik ekinlarida bo’ladigan kasalliklar, 


zararkunandalar va begona o’tlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Ular shamol bilan
uzoq masofalarga tarqaladi. Bu moddalar ekologik ozuqa zanjirlariga o’tib tuproq 
va suvdagi o’simliklarga undan hayvon va qushlarga ozuqa va suv bilan birga
inson organizmiga o’tadi. 
Vaqt o’tishi bilan qishloq xo’jaligi zararkunandalari ham pestitsidlarning
zaharli ta’siriga moslashadi. Atrof-muhit omillariga pestitsidlarning barqarorligi 
ularni ancha xavfliligidan dalolat beradi.
Boshqa turdagi organizmlar yordamida xo’jalikda keraksiz organizm sonini 
kamaytirish usuli o’simliklarni biologik usulda ximoya qilish deyiladi.

ISHNI BAJARISH TARTIBI 
1. Nazariy materiallardan foydalanib qishloq xo’jaligi va biosferaga oid 
savollarga javob beriladi, mulohazalar bildiriladi.
2. O’zbekistonda eng ko’p kimyoviy moddalar ishlatiladigan hududlarni 
kartadan aniqlab, yozuvsiz kartaga tushiriladi. Respublikamizda qishloq
xo’jaligining biosferaga ta’sirini o’rganiladi. 


TOPSHIRIQLAR 

1-topshiriq.

Muammoli vaziyat yaratish uchun savollar 
1.

Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish zaruriyati nimada?


2. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va atrof muhit muhofazasi. 
3. Kimyoviy o’g’itlarning ahamiyati va tabiatga ta’siri?


3
4. Pestitsidlardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan ekologik 


muammolar va ularni bartaraf etish.



2-topshiriq. O’zbekistonda eng ko’p kimyoviy moddalar ishlatiladigan
hududlarni kartadan aniqlab, yozuvsiz kartaga tushiring. Respublikamizda qishloq 
xo’jaligining biosferaga ta’sirini o’rganing.

BLIST SAVOLLARI: 
1. Atrof muhit sofligiga qanday omillar omillar ta’sir qiladi? 
2. Agroekotizimlar haqida tushuncha bering?
3. Antropogen landshaftlarga qanday landshaftlar kiradi? 
4. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning hozirgi holati?

ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TAYANCH ATAMALAR 
Kimyolashtirish, agroekotizimlar, antropogen landshaftlar, mineral 
o’g’itlar, organik o’g’itlar, pestitsidlar, biosfera, kimyoviy ifloslanish, biologik
kurash usullari. 



4




5



http://fayllar.org
Yüklə 9,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin