5-rasm. Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar
Kasbiy
kompetentlik
mutaxassis
tomonidan
alohida
bilim,
malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha
integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik
bilimlarini doimo boyitib
borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay
olishni, yangi ma’lumotlarni
izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z
faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon
bo‘ladi:
murakkab jarayonlarda; noaniq vazifalarni bajarishda; bir-biriga zid
ma’lumotlardan
foydalanishda; kutilmagan vaziyatda
harakat rejasiga ega
bo‘la olishda.
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
o‘z
bilimlarini
izchil
boyitib
boradi;
yangi
axborotlarni o‘zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi; yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar:
Ijtimoiy kompetentlik;
Shaxsiy kompetentlik;
Texnologik kompetentlik;
Maxsus (yoki kasbiy) kompetentlik;
Ektremal kompetentlik;
Psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion,
kommunikativ va boshqa kompetentlik.
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning
Dostları ilə paylaş: