13-mavzu. Auditning standartlari va auditning uslubiyati (2 soat) Dars o’quv maqsadi. Dars o’quv maqsadi bo’lib, auditorlik standartlarining ahamiyati va maqsadi, auditning xalqaro standartlari, mijozlarni tanlab olish, auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risida shartnoma hamda auditorning mijozlar oldidagi majburiyat xati kabi masalalarning mazmun-mohiyatini yoritish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tayanch atama va iboralar :Audit tekshiruvi. Audit standartlari. Xalqaro audit standartlari. Milliy audit standartlari. Ichki audit standartlari. Shartnoma. Dastlabki kelishuv. Auditor javobgarligi.Mijoz. Mijoz javobgarligi.Auditor majburiyat xati.
13.1. Auditorlik standartlarining ahamiyati va maqsadi Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlar hamda ularning natijalarini buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aks ettirilish holatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ma’lum tartib-qoidalar va ketma-ketliklar bo’yicha amalga oshirishni talab etiladi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartib qoidalari va uni amalga oshirish ketma ketliklari audit standartlarida aks ettirilgan.
Audit standartlari deganda nima tushuniladi?Audit standartlari deganda xo’jalik yurituvchi subyektlar(fermer, shirkat va boshqa xo’jaliklar) faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida barcha auditorlar amal qilishi shart bo’lgan umumiy mazmundagi me’yoriy talablarning majmuasi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi davrda auditorlik faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy me’yorlarni aks aks ettiruvchi auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qabul qilingan. Milliy standartlar auditning xalqaro standartlari asosda ishlab chiqilgan.
Auditorlik faoliyatida standart talablariga amal qilish auditning sifatini va uning natijalarining ishonchligini kafolatlaydi.
Hozirgi davrda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlari o’zlarining auditorlik faoliyatida 20-taga yaqin auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan (AFMS) foydalanilmoqda.