Dastlabki kelishuvlar. Mijoz korxonada audit tekshiruvini o’tkazish uchun asos bo’lib, auditorlik tashkiloti rahbari nomiga mijoz korxona rahbari tomonidan auditni o’tkazishni so’rab yozma shaklda taqdim qilgan buyurtmasi hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti mijozning yozma buyurtmasini olgandan keyin buyurtmaning predmeti, obyektlari bilan yaqindan tanishib chiqadi. Shundan keyin o’zining mijozga audit o’tkazish to’g’risidagi roziligini bildiradi. Auditorlik tashkiloti o’zining roziligini “Yozma-majburiyat” shaklidagi xatida ifodalaydi va uni mijoz korxonaga taqdim qiladi.Ushbu hujjatda auditni o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlar ifodalangan bo’ladi, ya’ni unda auditni o’tkazish shartlari, auditni o’tkazish davri va muddati, ikki tomonning majburiyatlari, auditorlik xizmati bilan bog’liq bo’lgan to’lovlarni aniqlash mezonlari va boshqa shartlar aks ettirilgan bo’ladi. Mijoz buyurtmachi korxona auditorlik tashkilotining “Yozma-majburiyat” xatida keltirilgan shartlarga rozi bo’lgandan keyin uni auditorlik tashkilotiga qaytaradi. ushbu xatda roziligi yozma shaklda qayd qilingan, rahbarning imzosi bilan korxonaning gerbli pechati bosilgan bo’lishi kerak. Shundan so’ng auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’rsisida shartnoma tuziladi.
Auditor va mijoz shartnoma tuzilganga qadar shartnoma shartlari bo’yicha kelishib olishlari kerak. O’zaro kelishilgan shartlar xat-kelishuv shaklida rasmiylashtiriladi.Yoki auditor tashkiloti taqdim qilgan “Yozma-majburiyat” xatiga qo’shimcha rasmiy yozuvlar kiritib, kelishilsa ham bo’ladi.
13.3.Auditorning mijoz oldidagi majburiyat xati
Auditorlik tashkiloti (auditor) tomonidan auditorlik tekshiruvining o’tkazilishi qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazishga asos bo’lib, mijoz korxona rahbariyatining auditorlik tashkiloti rahbariga (auditorga) yozma shaklda taqdim qilgan buyurtma –xati hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti (Auditor) ushbu buyurtma –xatni olgandan keyin mijoz korxona faoliyatini o’rganib chiqadi va o’rganish natijalariga asoslanib, audit o’tkazishga o’z roziligini bildiradi, auditotlik tekshiruvini bo’yniga olib, majburiyat xati mijozga taqdim qiladi. Boshqacha aytganda, auditorlik tashkiloti (auditor) mijoz korxona buyurtmasining predmeti, obyektlari bilan yaqindan tanishgandan so’ng o’zining audit o’tkazish bo’yicha roziligini yozma majburiyat xatida ifodalaydi. Audtor o’zining “Majburiyat xati”da auditning mazmuni, uni o’tkazish vaqti va muddati, audit o’tkazishning shartlari, ikki tomonning javobgarligi,majburiyatlari, auditorlik xizmatining qiymatini aniqlash mezonlari va boshqa shartlar ham ifodalangan bo’ladi.
Auditor majburiyat xatining asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- audit predmeti va obyektlarini yoritish.,
- auditorga taqdim etiladigan ma’lumotlar uchun tekshiriladigan mijoz korxonaning mas’uliyatini ko’rsatish.,
- amaldagi qonunchilik qoidalari va me’yoriy hujjatlar tlablari asosida auditor rioya qiladig audit chegaralari ko’rsatiladi.,
- audit tekshiruvi o’tkazilayotgan paytda o’rganiladigan barcha muntazam va tahliliy hisob-kitob hujjatlari va boshqa turdagi kerakli ma’lumotlardan bemalol foydalanish imkoniyatini yaratish.,
- xo’jalikning tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan sirni saqlash to’g’risidagi auditorning iajburiyati ko’rsatiladi.,
- xo’jalikda ichki nazorat tizimi nomukamalligi sababli muhim xatoliklar aniqlanmay qolinishi tavakkalchiligi belgilanadi.,
Auditorning majburiyat xatida tomonlarning javobgarligi alohida qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |