3-mavzu: analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja: Organizm faoliyatida sezgi organlarining roli



Yüklə 138,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix08.04.2022
ölçüsü138,97 Kb.
#54932
1   2   3   4   5   6
2 5363868124921730904

 

Eshitish analizatori 

Eshituv  organi  tovushlarni  eshitish  va  muvozanat  funksiyasini  bajaradi,  Eshitish 

analizatori  3  qismga  -  tashqi,  o‘rta  va  ichki  qismga  bo‘linadi.  Tashqi  quloq,  quloq  suprasi  va 

tashqi  eshituv  yo‘lidan  iborat.  Quloq  suprasi  tovushni  tutish  va  yunalishini  bilishga  xizmat 

qiladi. Tashqi eshituv yo‘lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo‘li devorchalarida maxsus bezchalar 

bo‘lib, ular yopishkoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida 01 mm 

qalinlikdagi nog‘ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo‘lib elastikdir. Nog‘ora parda 

havo  to‘lqinlarining  ta’sirida  tebranib,  bu  tebranish  eshituv  suyakchalari  yordamida  o‘rta 

quloqka  o‘tkaziladi.  O‘rta  quloq  nog‘ora  bo‘shlig‘idan,  eshituv  suyakchalaridan  ya’ni  - 

bolg‘acha, sandon va uzangi va evstaxiydan iborat.  

O‘rta  quloq  bo‘shlig‘i  evstaxiy  nayi  yordamida  burun  xaliga  to‘tashadi.  Eshituv 

suyakchalari  nog‘ora  pardasidagi  barcha  tebranishlarni  takrorlab  uni  50  martaga  ko‘paytiradi. 

O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim  tashqi bosimga barobar bo‘lgandagina nog‘ora pardasi normal 

ravishda  tebranadi.  O‘rta  quloq  bo‘shlig‘i  evstaxiy  nayi  orqali  burun  halqumiga  to‘tashganligi 

tufayli nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq qiladigan 

bo‘lsa, eshitish o‘tkirligi bo‘ziladi. Nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari 

ko‘p  farq  qiladigan  bo‘lsa,  parda  yirtilib  ketishi  mumkin.  Ichki  quloq  chiranoq  yarim  aylana 

kanallar  -  labirint  va  daqlizdan  iborat.  Labirint  ichida  endolimfa  suyuqligi  bor.  Bu  erda  gavda 

holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu er muvozanat organi hisoblanadi.  

Bolalarda  muvozanat  oragani  ba’zan  ko‘zg‘aluvchan  bo‘lib,  buning  natijasida  dengiz 

kasalligi vujudga keladi. Chig‘anoq eshitish organi, uning ichida tovush sezuvchi Kortiev organi 

joylashgan. Odam qo‘log‘ining tovush sezadigan muayyan chegarasi  bo‘lib, sekundiga 16 dan 

20000 gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish 

chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog‘lombo‘lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish 

kerak.  Quloqni  toza  saqlash  kerak,  quloqni  kovlash  mumkin  emas.  O‘rta  quloqning 

yallig‘lanishi,  ya’ni  ottit  kasalini  oldini  olishga  harakat  qilish  kerak.  Qulog‘i  yaxshi 

eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o‘tkazish tavsiya etiladi. 

O‘rta quloq (auris media) nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan tashkil topgan. 

                                                           

3Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa  Alemaya University  Yosief Tsige  Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, 

The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education  2003. 420-450 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.

 



Nog‘ora bo‘shlig‘i (cavum tympani) chakka suyagining toshsimon qismi bag‘rida joylashgan 

bo‘lib, tashqi tomondan bo‘shliq sifatida nog‘ora pardasi bilan chegaralanadi. 

Nog‘ora bo‘shlig‘ining hajmi 0,75-0,1 mm3 bo‘lib, uni oltita devor chegaralab turadi: 

1. Yuqori devori - paries tegmentalis (nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi - tegmen tympani) chakka 

suyagi piramida qismining yupqa plastinkasidan tuzilgan bo‘lib, o‘rta quloqni kalla bo‘shlig‘idan 

ajratib turadi. 

2.  Orqa  devori  -  so‘rg‘ichsimon  o‘siqqa  qaragan  devori  (paries  mastoideus),  u  nog‘ora 

bo‘shlig‘ini  so‘rg‘ichsimon  o‘siq  ichidagi  havo  saqlovchi  katak  (cellulae  mastoideae)  bilan 

qo‘shadigan  bir  nechta  teshikchalardan  iborat.  Bu  teshikchalardan  eng  kattasi  g‘orsimon  katak 

(antrum mastoideum) deb ataladi. Kirish teshigidan pastroqda eminentia pyramidalis do‘mbog‘i 

bo‘lib, unda m.stapedius joylashgan. 

3.  Pastki  (bo‘yinturuq  venasiga  qaragan  devori  –  paries  jugularis)  chakka  suyagining 

piramida  qismidagi  pastki  yuzada  joylashgan  bo‘yinturuq  chuqurchasi  (fossa  jugularis)  bilan 

chegaralanadi. Bu chuqurchada bo‘yinturuq vena joylashgan. 

4. Oldingi (ichki uyqu arteriyasi devori - paries caroticus) yupqa plastinkadan tuzilgan bo‘lib, 

nog‘ora  bo‘shlig‘ini  ichki  uyqu  arteriyasi  joylashgan  kanaldan  ajratib  turadi.  Bu  plastinkaning 

yuqorisidan  Yevstaxiy  nayining  ichki  teshigi  -  oseteum  tympanicum  tubae  auditivae  ko‘rinadi. 

Bu  teshik  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  va  bolalarda  keng  ochilib  turadi.  Shuning  uchun  ham 

burun, tomoqqa tushgan infeksiyalar o‘rta quloq va kalla bo‘shliqlariga o‘tishi mumkin. 

5.  Ichki  (ichki  quloqqa  qaragan  devori  -  paries  labyrinthicus)  yupqa  plastinkadan  tuzilgan. 

Devor  o‘rtasida  turtib  chiqqan  do‘nglik  (promontorium)  bo‘lib,  u  ichki  quloq  chig‘anog‘ining 

turtib chiqishidan hosil bo‘lgan. Do‘nglik pastida joylashgan dumaloq teshik (fenestra cochleae) 

nog‘ora  parda  (membrana  tympani  secundaria)  bilan  qoplangan.  Do‘nglikning  yuqorirog‘ida 

joylashgan oval teshikka fenestra vestibuli deyiladi. O‘rta quloqda joylashgan uzangi suyak asosi 

uni berkitib turadi. Oval teshik tepasida yuz nervi o‘tadigan kanal (canalis fascialis) joylashgan. 

Kanal devori juda yupqa bo‘lib, o‘rta quloq kasallanganda yuz nerviga ham ta’sir qiladi. 

6.  Tashqi  (nog‘ora  pardaga  qaragan  devori  -  paries  membranaceus)  o‘rta  quloq  bilan  tashqi 

quloq chegarasida joylashgan nog‘ora parda (membrana tympani) bilan chegaralangan. Nog‘ora 

parda  bo‘shlig‘ining  yuqori  gumbaz  shaklida  kengaygan  qismi  -  recessus  membranae  tympani 

superior da bolg‘acha boshchasi va sandoncha joylashgan. Nog‘ora parda tashqi quloq bilan o‘rta 

quloq  chegarasidagi  gardish  egatcha  (sulcus  tympanicus)ga  fibroz  to‘qimadan  tuzilgan  aylana 

gardish  (anulus  fibrocartilagineus)  yordamida  bir  oz  qiyshaygan  holda  yopishib  joylashgan. 

Chaqaloqlarda nog‘ora parda tik holatda ko‘rinadi. Bolg‘acha dastasi nog‘ora pardaga tegib, uni 

tashqi tomonga bo‘rttirib, parda kindigi (umba membrana tympani)ni vujudga keltirgan. Nog‘ora 

parda tashqi tomondan yupqalangan teri (stratum cutaneum) bilan, ichki yuzasi esa shilliq qavat 

(stratum mucosum malleus) bilan yopilgan. 

Nog‘ora  bo‘shlig‘ida  tovush  to‘lqinlarini  tashqi  quloqdan  ichki  quloqqa  o‘tkazuvchi  uchta 

eshituv  suyakchalari:  bolg‘acha  -  malleus,  sandoncha  -  incus  va  uzangi  -  stapes  zanjir  kabi 

tutashadi. Bolg‘achaning boshi (caput mallei) bo‘yni (collum mallei) orqali dastasi (manibrium 

mallei)ga  davom  etadi.  Bolg‘acha  dastasi  va  old  o‘sig‘i  (processus  anterior)  vositasida  nog‘ora 

pardaga  tegib  turadi.  Bolg‘achaning  ikkinchi  tomoni  -  yumaloq  boshi  (caput  mallei)  esa 

sandonchaga (incus) tanasi (corpus incudis)dagi bo‘g‘im yuzasi (bolg‘acha boshi) bilan bo‘g‘im 

hosil qilib qo‘shiladi. 

Sandonchaning ikkita oyoqchasi bo‘lib, kaltasi - crus brevis ning uzun uchi (o‘rta quloqdagi 

uchinchi suyakcha) uzangi – stapes boshchasi (caput stapedis)ga bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi. 

Uzangi  boshchasidan  boshlangan  old  va  orqa  oyoqchalar  (crus  anterius  va  crus  posterior) 

uzangining asosi (basis stapedis)ga o‘tadi. Bu asos labirint dahlizdagi ovalsimon teshikni yopadi. 

Nog‘ora  pardaning  tarang  bo‘lishida  va  uning  tebranishida  bolg‘acha  dastasiga  yopishgan 

nog‘ora  pardani  taranglovchi  muskul  (m.tensor  tympani)  naysimon  kanaldan  boshlanadi  va 

uzangining  orqa  oyoqchasiga  yopishgan  muskul  -  m.  stapedius  (piramidasimon  tepalikdan 

boshlangan) katta ahamiyatga ega. 



Shunday qilib, havo to‘lqini tashqi quloq yo‘lidan nog‘ora pardaga tegib, uni harakatlantiradi. 

Bu  to‘lqinlanish  harakati  esa  o‘z  navbatida  o‘rta  quloqda  joylashgan  eshituv  suyakchalari 

(bolg‘acha,  sandoncha  va  uzangi)ni  harakatlantiradi.  Natijada  eshitish  (havo)  to‘lqinini 

ovalsimon teshik orqali ichki quloq (labirint)ga o‘tkazadi. 

Yevstaxiy  nayi  (tuba  auditiva)  o‘rta  quloq  bo‘shlig‘i  va  yutqinning  burun  qismi  oralig‘ida 

joylashgan. Nayning uzunligi o‘rta yoshdagi odamlarda 30-40 mm bo‘lib, ikki (suyak va tog‘ay) 

qismdan  tuzilgan.  Suyak  qismi  (10-15  mm)  voronkasimon  shaklga  ega  bo‘lib,  chakka  suyagi 

tarkibidagi  muskul-nay  kanali  (canalis  musculotubarius)ning  pastki  yarmidan  iborat.  Yevstaxiy 

nayining qolgan 2/3 qismi 20-25 mm bo‘lib, yutqin tomonda joylashgan. Yevstaxiy nayining bir 

uchi  (ostium  tympanicum  tubae  auditivae)ga  kengayib,  o‘rta  quloqqa  ochiladi.  Uning  ikkinchi 

voronkasimon kengaygan qismi  yutqin (ostium pharyngeum tubae auditivae)ga ochiladi. Nayni 

shilliq chiqaruvchi bezlarga boy shilliq qavat qoplab turadi. 

Yevstaxiy  nayi  yutqin  orqali  o‘rta  quloq  bo‘shlig‘ini  tashqi  muhit  bilan  bog‘lab  turadi. 

Binobarin,  nay  o‘rta  quloq  bo‘shlig‘idagi  havoni  almashtirib,  bir  muvozanatda  saqlab  turish 

vazifasini  bajaradi.  Tovush  to‘lqinlarining  normal  o‘tishiga  imkoniyat  tug‘diradi.  Nay  shilliq 

qavati  yallig‘lanib,  teshik  berkilib  qolganda  muvozanat  o‘zgarib,  odam  eshitish  qobiliyatini 

yo‘qotadi

4



Bolalar  va  yoshlar  sog’lom  turmush  tarzini  yaxshilashning,  ularning  oila  qurishi  va 

yashash  tarzini  yo’lga  solishning  ko’zlangan  muhim  yondashuvidir.  Bu  esa  ko’pincha  ijtimoiy 

resurslarni taqsimlashdagi universal siyosat hisobiga amalga oshiriladi. Universal siyosat o’zidan 

bir yo’lli siyosatni olib kelmaydi. Jamiyatning sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishni, aholini 

sog’lom turmush tarziga o’tkazish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy Gradientni ta’minlash uchun esa 

rahbariyat  avvalam  bor  buning  uchun  amalga  oshirilishi  mumkin  bolgan  rejalarni  ko’rib 

taqqoslab  chiqishi  lozim.  Umumiy  kamchilik  natijasi,  masalan,  sogliqni  saqlash  borasidagi 

amalga  oshirilayotgan  chora  tadbirlarning  tub  mohiyatini  yuzaga  chiqarish  uchun  ana  shunday 

universal siyosatning tutgan o’rnini belgilab otish masalasi ilgari surilishi kerak.

5

 




Yüklə 138,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin