9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt reja


-rasm. Intellektual kapital strukturasi



Yüklə 318,02 Kb.
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü318,02 Kb.
#184960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int

6.1-rasm. Intellektual kapital strukturasi


Intellektual kapital haqida bilimlar to‘plash XX asr oxiriga kelib, uning strukturasiga umumiy yondashuvlarni aniqlash, uning namoyon bo‘lish shakllari haqida u yoki bu darajada umumiy tasavvurlar ishlab chiqishga imkon beradi. Ko‘plab nashrlarda intellektual kapital uchta tarkibiy qismga – inson kapitali, tashkiliy kapital va iste’mol kapitaliga bo‘linadi (6.1-rasm).
Tashkilot bilimlarini kapitallashtirish mumkin bo‘lgan intellektual resurslarga aylantirish jadal texnologik o‘zgarishlar va dinamik raqobat sharoitlarida tashkilot raqobatbardoshligini oshirishning asosiy resursi hisoblanadi. Intellektual resurslarni intellektual kapitalga aylantirish va ularni mavjud intellektual resurslar yig‘indisi sifatida ularni samarali boshqarish ishlab chiqarish jarayonlarini faollashtirish, bilimlarni tashkilot doirasida tarqatish va foydalanishga imkon beradi, bu esa innovatsion faoliyatga turtki beradi.
Jismoniy kapital va intellektual kapital o‘rtasidagi asosiy farqlar 6.1- jadvalda keltirilgan.


6.1-jadval
Jismoniy kapital va intellektual kapital o‘rtasidagi farqlar

«Intellektual kapital»atamasini birinchilardan bo‘lib qo‘llagan T.Styuart un kompaniya raqobatbardoshligini ta’minlaydigan uning barcha xodimlar yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Styuart intellektual kapitalning uchta asosiy tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatgan: inson kapitali; strukturali kapital; iste’mol kapitali.
Inson kapitali bu – «mijozlarga qaror taklif qilish qobiliyati», ya’ni birinchidan, bilimlar mavjudligi va ikkinchidan, ulardan mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish qobiliyatidir. Bu ta’rifda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan intellekt va intellektual kapital o‘rtasidagi farq yashiringan: agar intellekt bu – aqliy faoliyat, to‘plangan bilimlar bo‘lsa, uni kapitalga aylantirish intellektdan tijorat yo‘lida foydalanish yo‘li bilan daromad olish, aniqrog‘i, bilimlarni intellektual resurslar va intellektual kapitalga aylantirish qobiliyatidir.
Inson kapitali inson salohiyatining o‘zini-o‘zi o‘stirish va uning egasiga daromad keltirishga qodir bo‘lgan amaliy natija beradigan qismi, shuningdek, inson salohiyatini kapitallashtirish shakli sifatida ko‘rib chiqish mumkin. BMT Rivojlanish dastur (BMTRD) ma’lumotlariga muvofiq, hozirgi paytda sayyoramizda jismoniy kapital umumiy boylikning atigi 16%ini, inson kapitali (yoki to‘plangan insonga kiritilgan qo‘yilmalar) - 64%ni tashkil qildi. Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitalining ulushi 80%ga yaqin.
Strukturali kapital bu – bilimlarni to‘plash, sinovdan o‘tkazish, tashkil etish, filtralsh, saqlash va tarqatishni samarali amalga oshirishga imkon beradigan shakllar, usullar, strukturalar. U tizimga xodimlarning bilimlarini keltirish va ulardan eng samarali foydalanishga, xodimlarning bilimlarini hamma uchun ochiq qilishga, axborotni saqlash va zarur tezlik bilan etkazishga, birgalikdagi faoliyatdan sinergik samaraga erishishga imkon beradi. Styuart strukturali kapitalni «tashkilotning bozor talablariga javob berish tashkiliy qobiliyatlari» sifatida tavsiflaydi va u ham, xuddi inson kapitali kabi, faqat yakuniy maqsad, strategiya nuqtai nazaridan mavjud bo‘lishini qayd etadi. Inson kapitalidan – har bir alohida xodimga tegishli bo‘lgan bilimlardan – farqli ravishda, strukturali kapital butun tashkilotga tegishli bo‘ladi. Uni takror ishlab chiqarish, unda ulushli ishtirokni aniqlash mumkin.
Strukturali kapital tarkibiga Styuart hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi va yuridik himoya qilinishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar, ixtirolar, ma’lumotlar to‘plamlari, nashrlar, jarayonlar va h.k.ni kiritadi; shuningdek, bu qatorga tashkilot madaniyati va strategiyasi, strukturalar va tizimlar, tashkiliy jarayonlar va h.k. ham kiradi. Strukturali kapitalning barcha sanab o‘tilgan va boshqa elementlari ikki guruhga bo‘linadi: moddiy vositalarda, jumladan, kompaniyalar bilimlar to‘plamlari yaratish va ularni samarali boshqarishga imkon beradigan kompyuter va dasturiy mahsulotlarda ob’ektivlangan hamda odamlarning shaxsiy muloqotlaridan kelib chiqadigan ijtimoiy (madaniyat, muloqot me’yorlari, hayotiy tajriba almashinish) guruh. Styuart qayd etadiki, strukturali kapital muayyan kompaniyadan kelib chiqqan holda turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Strukturali kapitalni boshqarishda asosiy vazifa – xodimlarni kompaniya mulkiga aylantirish va ularni bu sifatda saqlab qolish hisoblanadi.
Iste’mol kapitali bu – tashkilotning intellektual kapitalning muhim qismini tashkil qiladigan uning mahsuloti iste’molchilari bilan aloqalari, chunki intellektual kapital aynan shu munosabatlarda pulga aylanadi, real daromad keltiradi. Bu munosabatlarni baholash inson kapitali yoki strukturali kapitaldan ko‘ra osonroq, buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlar foydalaniladi: kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi bilan oson bog‘lash mumkin bo‘lgan mijozning qoniqqanligi; mijoz va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hamkorlikdan foyda (ikkala tomon uchun baholanadi); mijozning sodiqlik narxi (yangi mijozga ega bo‘lish uchun va eski mijozni ushlab qolish uchun talab qilinadigan xarajatlar).
Intellektual kapital strukturasini tahlil qilar ekan, Styuart uning barcha elementlari o‘rtasida optimal balans muhimligini ta’kidlaydi, chunki alohida elementlarning haddan tashqari tez rivojlanishi unumdorlikning o‘sishiga emas, balki aksincha, uning pasayishiga olib keladi.
E. Bruking intellektual kapitalni tasniflashga yanada detalliroq yondoshadi va unda to‘rtta tarkibiy qismni ajratib ko‘rsatadi: bozor resurslari, intellektual mulk, inson resurslari va infratuzilma resurslari (6.2-jadval).



Yüklə 318,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin