Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.
Imtiyozli aktsiyalar - bu oddiy aksiyalar egalariga to'langunga qadar kompaniya foydasining bir qismini olish huquqiga ega bo'lgan odamlarga tegishli bo'lgan kompaniyadagi aktsiyalar. Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi.
Oddiy aksiya egasiga quyidagi huquqlarni beradi:
1. Ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi;
2. Korporativ tuzilma daromadlarida
2. Korporativ tuzilma daromadlarida
qatnashish yoki dividendlar olish
huquqi.Dividend bu korporativ
tuzilma daromadlarining qismi
boʻlib, aksiyalar soniga qarab
aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy
aksiyalar boʻyicha dividendlar
barcha soliqlar, kreditorlik
majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha
foizlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha
dividendlar toʻlangandan keyin
toʻlanadi;
3. Yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya qilishdadir.
3. Yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya qilishdadir.