Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20% miqdoridan oshmagan holda chiqariladi
Imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas(istesno holatlar mavjud) .
Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini beradi va bir xil nominal qiymatga ega.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻa-rib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin
Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning har bir turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati belgilanishi kerak. Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul summada yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi oʻziga tegishli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga ega boʻladi.