1.3. C# tilining sintaksisi. Ma’lumotlar tiplari. Operatorlar.
Consol rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu
sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo’lib: uning barcha metodlari o’zgarmas,
sanoqli bo’lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va
xatoliklarni chiqarishni o’z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart
Consol-da amalga oshiriladi (agar u bo’lmasa, masalan oynali masalalarda
chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini
o’zgartirish mumkin. Consol bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi: Read,
ReadLine, Write, WriteLine, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish
metodlari hisoblanadi. Chiqarish metodi orqali biz quyidagicha dastur tuzishimiz mumkin:
using System;
namespace Assalom_Dunyo
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine("Assalomu alaykum");
Console.ReadKey();
}
}
}
Bu dastur ishlashi natijasida Consol oynasida quyidagicha natijaga e’rishamiz:
1.6 - rasm. Dastur natijasi.
Read metodi. Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U
int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo’lsa, -1 ni qaytaradi.
Masalan:
int i = Console.Read();
Console.WriteLine(i);
Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi.
Dostları ilə paylaş: |