Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


tagacha bo‘lgan sonlarni yonma-yon turganlarini (ko‘rgazma



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə15/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

10 tagacha bo‘lgan sonlarni yonma-yon turganlarini (ko‘rgazma

asosida) taqqoslay olish – bunga raqamlar kassasi, sonlar qatori, sanoq cho‘plarini
ishlatish orqali erishiladi.


Teng bo‘lmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan tenglashtira olish
(1ta narsa ko‘shish yoki ayirish usuli bilan) – to‘plamlarni solishtirish, masalan,
ikkita tarelkada qaysida ko‘p olma, qaysida kamroq olmalar bor?, Guruhda qiz
bolalar ko‘pmi, o‘g‘il bolalarmi?, Ular nechtadan?... Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli
o‘tkazishda ko‘rsatma-qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Hamma
mashg‘ulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy
materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari
uchun o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi.


0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni nomi va farqini bilish – bu tushunchalar
asosan, ko‘rgazmalar va o‘yin mashg‘ulotlar, bog‘chada olib boriladigan kundalik
tartib davomida, bolalarning navbatchiligi davomida (Bugun nechta bola bor? Har bir
bolaga bittadan tarelka?, Necha kishiga qoshiq bor, necha kishiga yo‘q? savollari
orqali) amalga oshiriladi. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalarda bu ko‘nikmalar
bolaga predmetlarning hajmi, og‘irligi va uzunligini ta’riflab borish, bolaga sayr
davrida elementar matematik savollari (biz qancha zinapoyani bosib o‘tdik?, senda
nechta o‘yinchoq bor?) (menga bitta piyola olib kel, ikkita pechene ber) kabi
matematik bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatga jalb qilish orqali
rivojlantiriladi.


Turli mikdordagi 10 tagacha bo‘lgan narsalarni eni, bo‘yi, balandligi,

qalinligi, o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda

ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash– 4-5 yoshda
bolalar bo‘shliqda yo‘nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin,
uzoq), butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi. Bu ko‘nikmalar stol bosma
o‘yinlari, qurish-yasashga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar, didaktik materiallar, tarbiyachi
o‘z nutqida matematik tushunchalar (narsalarni eni, bo‘yi, balandligi, qalinligi,
o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni)ni qo‘llashi davomida shakllanib boradi.


Kattalik tushunchasi asosan, taqqoslash asosida amalga oshadi. Kattalik,
shuningdek, o‘zgaruvchanlik bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday deydi:
“o‘lchamlar ob’ektlarning shunday xolatiki, u ma’lum chegaragacha o‘zgara borib,


alohida ob’ektni o‘zgartirsa ham, ammo uning tur va boshlang‘ich sifatini


o‘zgartirmaydi”
4
.

Rus matematik metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday


izohlaydi: “kattalik” deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki,


bu xususiyat bo‘yicha buyumlarni bir-biri bilan taqqoslaymiz. Bu xususiyat har xil
buyumlarda har xil bo‘ladi.
5
Bolalar narsa va buyumlarni bir-biriga nisbatan munosabatini aniqlaydilar. Ular

bir jismning ikkinchisiga nisbatan o‘lchamlari, katta yoki kichikligini analiz qiladilar.


Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan olib boriladigan savol-javoblar, suhbatlar
davomida bu tushunchalar mustahkamlanadi.


Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin