Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik
tasavvurlarni rivojlantirishda mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish juda katta
ahamiyatga ega. Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar kun
davomida o‘tkazilib boriladi. Kunning birinchi kismiga mo‘ljallangan
mashg‘ulotlar ancha yaxshiroq samara beradi. Mashg‘ulot jarayonida bolalarda
mustakil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini
tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik har bir tarbiyachi tomonidan berilgan
savollarga
javob berishga harakat qilish, aytilgan fikrlarni takrorlash tarbiyachi
tomonidan o‘rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda necha marta mashg‘ulot
o‘tkazish bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab boriladi. Matematika
mashg‘ulotlari kunning birinchi yarmida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar – maktabgacha
ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil etishning asosiy shaklidir.
Ular maktabgacha
ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiy bo‘lib, ular uchun dastur mazmuni
belgilangan, kundalik rejimda doimiy vakt ajratilgan, ularning kancha vakt davom
etishi tayinlangan.
Maktabgacha ta’lim muassasada mashg‘ulotlar
bolalarni maktabga
tayyorlashda katta axamiyatga egaligi sababli bu mashg‘ulotlarda bolalar o‘quv
faoliyati ko‘nikmalarini hosil kiladilar, ancha intizomli bo‘lib, yanada uyushadilar.
Ularda barqaror diqqat, irodaviy zo‘r berish qobiliyati rivojlanadi. Sistemali
o‘qish natijasida bilishga qiziqish paydo bo‘ladi. Ular bir-birlariga faol ta’sir
etadilar, tashabbus ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladilar. Bolalar oldiga ko‘pchilikdan
kuch-g‘ayrat talab qiladigan vazifalar kuyilganda birgalikdagi
kechinmalar paydo
buladi, muammoli vaziyatlarni birga hal etish, jamoaga hurmat tuyg‘usi vujudga
keladi. Mashg‘ulotlardagi o‘qitish jarayonida bolalarda maktabga va o‘qishga
kizikish tarbiyalanadi, to‘g‘ri va xulk-atvor ko‘nikmalari, ma’suliyat xissi, ishchanlik,
o‘zini
tuta bilish, mas’uliyat bilan ishlash odati xosil kilinadi. Bolalarga kerakli
bilim va malakalarni mashg‘ulot jarayonida, yangi pedagogik texnologiya
materiallaridan va tarbiyaning samarali
metod usullaridan foydalanilsa, bolani
yosh, ruxiy fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning
samaradorligi oshadi. Maktabgacha ta’limda mashg‘ulotlarning
quyidagi turlari olib
boriladi:
Dostları ilə paylaş: