Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə33/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

O‘yinni yakunlash. O‘yin aqliy yuklamani kamaytiradigan xolga
keltiradigan umumiy xulosa bilan tugallanadi. Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning
ijobiiy tomonlarini ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik,
chidamlilik, faollik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan bolalar nomini aytadi,
ularni rag‘batlantiradi va ba’zi kamchiliklar, qoidalarning buzilishi hamda
bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini ko‘rsatib o‘tadi.
Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash
maqsadida tarbiyachi ularga kichik guruh bolalari bilan o‘yin tashkil etishini
taklif etadi. O‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’limda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha
tashkil etiladigan o‘yinlarning maqsadi:
Bolalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg‘ulotlarini
samarali tashkil etish yuzasidan miqdor, son-sanoq, kattalik, geometrik shakl,
tevarak-atrofda mo‘ljal olish va vaqtni chamalash kabi tushunchalarni
o‘rgatishga oid ishlarni rejalashtirish va o‘rgatish usullari, bolalarning aqliy
faolligini rivojlantirishda turli mantiqiy o‘yinlardan foydalanish, mustaqillik, aqliy

malaka va ko‘nikmalarni egallab olishlari va maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari


uchun zamin yaratishdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, o‘yin - aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan
bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti, hamkorlik maktabidir.
Samimiylik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, quvnoqlik kayfiyatlarini yaratish bilan
o‘yin orqali bola taraqqiyotiga erishiladi.
Matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha «Ilk qadam» o‘quv dasturi
besh bo‘limdan iborat:
«Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», «Fazoda mo‘ljal olish»,
«Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish».
Miqdor va sanoq”.


Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin