Mashg‘ulotlarda berilgan nazariy materiallar sayr, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari,
tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, ota-
onalar bilan hamkorlik asosida uyda va bog‘chadan tashqarida (do‘konda, bozorda...)
mustahkamlanadi.
Geometrik shakllar va figuralar bilan tanishtirish ham mashg‘ulotlardan
tashqari didaktik o‘yinlar, pazllar, geometrik shakllar asosidagi grafik diktantlar
orqali mustahkamlanishi kerak. Shuningdek, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini
mujassamlashtirish davomida geometrik shakllar asosida naqshlar chizish, bir necha
shakllar yordamida yaxlit jismlarni tayyorlash, applikatsiya mashg‘ulotlarini
integratsiyalash yordamida geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlar boyitiladi.
Shuningdek, geometrik shakllar bilan tanishtirishda dutor, rubob, nog‘ora, doira,
tanbur, chang kabi o‘zbek xalq cholg‘ularining har birini tavsifidan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Bunda bolalarga milliy-ma’naviy qadriyatlar haqida xam
ma’lumotlar berib boriladi.
20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarish malakalari
ko‘rgazmalar, didaktik o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi. Bolalar 20 ichida sodda
matematik amallarni bajaradilar. Ular 20 gacha sanash va teskari sanash, 20 ichida
raqamlar ketma-ketligi, ularning qo‘shnilarini biladilar.
10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son
va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, = ) - didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar va
ko‘rgazmali qurollar (stol bosma o‘yinlari, sodda masalalar, raqamlar kassasi)
yordamida o‘rgatiladi.
Son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi avvalambor bolaning son va
raqamlar, ularning mazmun-mohiyati, nimani anglatishi, sonlarning o‘ng va chap
tomon qo‘shnilarini o‘rgatish, kichik sonlardan katta sonlar tomon o‘sib borish va
kamayib borish tartibi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish orqali o‘rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: