Axborot tizimidagi uchta jarayonlar tashkilotga qarorlar qabul qilish, boshqarish, muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish uchun zarur bo`lgan axborotlarni yaratadilar - bu kiritish, ishlab chiqish va chiqarishdir. Kiritish jarayonida tashkilot ichki yoki tashqi muhitdan tekshirilmagan ma`lumotlar qayd qilinadilar yoki yig`iladilar. Ichki axborotlar korxonada ishlab chiqarishni borishi, rejani bajarilishi, sexlar, uchastkalar, xizmatlarning ishlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotilishi haqidagi ma`lumotlarni aks ettiradilar. Axborot tizimi oraliq, ma`lumotnomaviy va yakuniy natijalarni saqlanishini amalga oshiradi. Yuqorida sanab o`tilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan resurslar zarurdir. Bunday resurslar ma`lumotlar, xodimlar, axborot texnologiyalari va foydalanuvchiga yo`riqnomalardan iboratdir.
2. Axborot tizimining dasturiy ta`minoti
Axborot tizimining dasturiy ta`minoti deganda, kompyuter texnikasi vositalari bilan ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta`minotni bajaradigan funksiyalariga bog`liq holda uchta sinfga ajratish mumkin: tizimli dasturiy ta`minot, tadbiqiy dasturiy ta`minot va dasturlash tizimlari (3-rasm).
3-rasm. Dasturiy ta`minotning tarkibi
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
AATning tashkil qilinishi iqtisodiy ob`yektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko`maklashadi va boshqaruv sifatini ta`minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali AATning eng katta samaradorligiga erishiladi. Shu bois ham AATlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari ob`yektning o`ziga xos tarkibiy-dinamik xususiyatlarini ko`proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi.