Axborot tizimlarining funksional qismi axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta`minlaydi.
AATning hayot siklidagi bosqichlar
loyiha oldi bosqichi
texnik loyihalashtirish
qo`llanma loyihalash-tirish
tadbiq etish
ekspluatatsiya
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma`lum bir ob`yektga bog`liq. Axborot tizimlarining ta`minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob`yektlar uchun bir xilda bo`ladi.
Axborot tizimlari evolyutsiyasi axborotlarni qayta ishlashning texnik vositasi rivojlanishi mazmunini va axborot tizimlari qadr-qimmati bilan bog`liq.
Axborot tizimlari evolyutsiyasi axborotlarni qayta ishlashning texnik vositasi rivojlanishi mazmunini va axborot tizimlari qadr-qimmati bilan bog`liq.
1-bosqich (60-yillar oxirigacha) apparat vositalarining imkoniyatlari cheklangan sharoitda katta hajmdagi ma`lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan farqlanadi.
2-bosqich (70-yillar oxirigacha) IBM/360 seriyasidagi EHMning tarqalishi bilan bog`liq. Dastur ta`minotining apparat vositalari rivojlanish darajasidan orqada qolishi - mazkur bosqich muammosi sanaladi.
3-bosqich (80-yillar boshlaridan). Bu davrda kompyuter professional foydalanuvchining quroliga, axborot tizimlari esa - uning qarorlarni qabul qilishini qo`llab-quvvatlash vositasiga aylandi.
3-bosqich (80-yillar boshlaridan). Bu davrda kompyuter professional foydalanuvchining quroliga, axborot tizimlari esa - uning qarorlarni qabul qilishini qo`llab-quvvatlash vositasiga aylandi.
4-bosqich (90-yillar boshlaridan) - tashkilotlararo aloqalar va axborot tizimlarining zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat. Mazkur bosqich biznesdagi strategik afzalliklarni tahlil qilish tushunchasi bilan bog`liq va telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlari hamda axborotlarni qayta taqsimlashga asoslangan edi.