B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


Yorug‘lik — tabiiy yoki sun’iy nur manbayidan tushayotgan  yorug‘lik maydonidir. Soya —



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Yorug‘lik —
tabiiy yoki sun’iy nur manbayidan tushayotgan 
yorug‘lik maydonidir.
Soya —
yorug‘lik maydoniga qarama-qarshi, teskari joylash- 
gan yuzadir.
Blik.
Eng kuchli yorug‘lik maydoni yarqirash, yaltirash (blik) 
deyiladi.
Yarim soya.
Yorug‘lik bilan soya orasidagi kuchsiz yorug‘lik 
va kuchsiz soya 
yarim soya
deyiladi.
Shaxsiy soya —
naturaning o‘zidagi soya.
Tushuvchi soya —
naturadan tashqaridagi, ya’ni bir narsaning 
to'silishi natijasida soyasining boshqa tomonga tushishidir.
R efleks.
N aturadagi soyaga tushayotgan ak s-sh u ’la — 
refleks
deyiladi.
73


Yorug‘-soyalar rasmi chiziladigan narsalarning sirt tuzilishiga 
bog‘liq holda tashkil topadi va shakllanadi. Ma’lumki, tushayotgan 
yorug‘likning manbayiga qarab (tabiiy va sun’iy) nur yo‘nalishi- 
ning yo‘li turlicha bo’ladi. Demak, yorug‘lik qay holatda tushishi 
va uning nur yo‘llarining yo'nalishiga qarashdan ko‘ra, natura 
va obyektdagi yorug'-soyalarning ko‘rinishiga qarab, rasm chizish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki rasm chizayotganda tushayotgan 
nur manbayining o ‘m i o‘zgarib qolishi ham mumkin.
Yorug‘ va soyalar perspektiva qonuniga ko‘ra ham o‘zgaradi. 
Yorug‘lik kuchi yuqori bo‘lsa, tushayotgan soya qisqa bo‘ladi, 
yorug‘lik kuchi past bo‘lsa, soya uzayibroq ko‘rinadi, soya va 
yoruglik o ‘rtasidagi ajralish chegarasi ham xiraroq b o ‘ladi. 
Soyalarning yorug‘lik manbayiga yaqin qismi to ‘q b o ‘lib, 
uzoqlashgan sari esa ocharib boradi.
Rasm chizishda ko‘rish maydoniga ko‘ra ham yorug‘-soyalar 
farqlanadi. Eng yaxshi ko‘rish maydonidagi yorug‘-soyalar aniq, 
tiniq ko‘rinadi, o‘rtacha ko‘rish maydoni o‘rtacha, xira ko‘rish 
m aydonidagi yorug‘-soyalar esa xiraroq b o ‘ladi. Bularning 
ham m asi rasm chizuvchiga perspektiva qonunlari asosidagi 
ko‘rinishda bo‘ladi va shunday tasvirlashga to ‘g‘ri keladi.
Xullas, perspektiva qonunlari rasm chizuvchiga kuzatish va 
ko‘rish faoliyatini narsalarning uzoqlashuvi va chetlashuvi asosida 
yorug‘-soyalar hodisasini perspektiva qonunlariga bo‘ysindirgan 
holda idrok etish imkoniyatini yaratadi va uni tasvirlashni shu 
qonuniyatlar asosida amalga oshirishni ta ’minlashga imkon 
beradi.
M a’lumki, hajmli narsalarga tushayotgan yorug‘-soyalar bu 
narsalarning sirt tuzilishiga — shakli, tuzilishi va rangiga bog‘liq 
bo‘ladi. Prizmatik shaklga ega bo‘lgan predmetlarda yorug‘- 
soyalardagi o‘zgarish keskinlik bilan ro‘y bersa, silindrik va shar 
shaklidagi predmetlarda esa asta-sekinlik bilan o‘tiladi. Bunday 
o ‘zgarishni rasm chizuvchi natura va obyektlarni sinchiklab 
kuzatishi asosida o ‘rganib boradi. Ulami shu kuzatuvlar asosida 
tasvirlash mashqlari vositasida malaka hosil qiladi. Bu o ‘rinda 
albatta o‘qituvchining tushunchalari va ko‘rsatmalari qo‘l keladi.
74


Rasm chizishni albatta prizmatik shakldagi predmetlardan 
boshlash maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o ‘tamiz. Chunki, 
prizmatik predmetlar rasmini chizish, ayniqsa, rasm chizishni 
endi o ‘rganayotganlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi. 
Chunki, prizmatik shakldagi predmetlar rasm chizuvchiga, eng 
avvalo, perspektiva qonunlarini, so‘ngra yorug‘-soyalarni, 
ulardagi o‘zgarishlarni tezroq payqab ohsh imkonini beradi.
Prizmatik shakllar hajmli predmetlarni o‘rganish va idrok 
etishda qulaylik yaratgan holda bu ishni kub rasmini chizishdan 
boshlashni tavsiya etadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin