Biologiya fanidan nazorat ishlari to’plami 5-sinf Sana Nazorat ishi-1 Mavzu



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə19/34
tarix07.01.2024
ölçüsü244,82 Kb.
#209862
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Biologiya fanidan nazorat ishlari to’plami 5-sinf Sana Nazorat i-fayllar.org

Test javobi uchun jadval

Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javob































To'g'ri javob: ________Ball:________O'qituvchining imzosi:______


Sana ______________
Nazorat ishi –VI
1. Tananing qaysi qismlarida terining qalinligi 4 mm gacha bo‘ladi?
1) qo‘lning kafti. 2) yuz. 3) ko‘krak. 4) oyoqning tovoni. 5) qorin. 6) tananing orqa sohasi. 7) son. 
A. 1, 2, 3, 4 B. 2, 3, 4, 5 D. 1, 4, 6, 7 E. 2, 3, 5, 7
2. Epidermisning ustki qavati har necha kunda butunlay yangilanadi? 
A. 4 – 5 B. 7 – 11 D. 15 – 20 E. 14 – 21
3. Teri bajaradigan asosiy vazifalarni ko‘rsating. 
A. Himoya, sezish, ayirish, nafas olish, nafas chiqarish, termoregulatsiya. B. Sezish, himoya, issiqlikning boshqarilishi, tuyg‘u. D. Qonni tozalash, organizmni himoya qilish.
E. Tayanch, transport, sezish, ayirish.
4. Terining ustini qanday to‘qima o‘rab turadi?
A. Biriktiruvchi to‘qima. B. Yassi epiteliy to‘qima. D. Tuksimon to‘qima. E. Silindrsimon to‘qima.
5. Terining qaysi qavati yumshoq biriktiruvchi to‘qima va yog‘ moddadan tashkil topgan?
A. Epidermis B. Derma D. Gipoderma E. Asl teri qavati
6. Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kirishini belgilang?
A. Oshqozon osti bezi, so‘lak bezlari, gipofiz, qalqonsimon bez
B. Buyrakusti bezi, qalqonsimon bez, ayrisimon bez, qalqon orqa bezi
D. Jigar, oshqozonosti bezi, ko‘z yosh bezi
E. Gipofiz, epifiz, qalqonsimon, buyrakusti bezi
8. Gormon – bu … . 
A. Organizmdagi reaksiyalarni tezlashtiruvchi ferment
B. Hujayra tarkibiga kiruvchi oqsil
D. Organlar faoliyatiga ta’sir qiluvchi b iologik faol modda
E. Modda almashinuv jarayonini tezlashtiruvchi mineral moddalar yig‘indisi
9. Bosh miyaning asosida, ya’ni o‘rta miya sohasida qaysi bez joylashgan va u ishlab chiqaradigan gormon qanday vazifani bajaradi?
A. Gipofiz, orgnizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi.
B. Ayrisimon bez, jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi.
D. Epifiz, organizmda pigment almashinuvini boshqaradi.
E. Qalqonorqa bez, odam organizmida kalsiy – fosfor almashinuvini tartibga soladi.
10. Qalqonsimon bez faolligi pasayganda qanday kasallik kelib chiqadi?
A. Gipoterioz. B. Qandli diabet. D. Tireotoksikoz. E. Tetaniya.
11. Timozin gormoni qanday jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi?
1) bolalarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi. 3) bolada balog‘atga yetishni susaytiradi. 4) limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. 5) organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.
A. 1, 4, 5. B. 1, 2, 4. D. 1, 2, 5. E. Barcha javoblar to‘g‘ri
12. Orqa miyaning bo‘yin segmentida joylashgan nerv markazlari qaysi a’zolarning harakatlanishini ta’minlaydi?
A. Qo‘lning ichki yuzasini, teri muskullarini, shu sohada joylashgan ichki a’zolarni
B. Qo‘lning tashqi yuzasini, kaft barmoqlarining terisi, muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini ta’minlaydi.
D. Qo‘lning ichki yuzasi, kaft, barmoqlarning teri muskullarni
E. Qo‘lning ichki va tashqi yuzasini, kaft va barmoqlarni teri muskullarini sezish va harakatlantirish funksiyasini ta’minlaydi.
13. Refleks yoyi qismlari ketma – ketligi qaysi javobda to‘g‘ri joylashtirilgan?
1) nerv markazi. 2) ishchi organ. 3) retseptor. 4) sezuvchi nerv tolasi. 5) harakatlantiruvchi nerv tolasi.
A. 3, 4, 1, 5, 2 B. 2, 5, 1, 4, 3 D. 3, 5, 4, 2, 1 E. 2, 1, 4, 5, 3
14. Orqa miya nechta sigmentdan tashkil topgan va ular umurtqa pog‘onasi kanalida nechtadan joylashadi?
A. 33; bo‘yinda – 7 ta, ko‘krakda – 14 ta, belda – 6 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 1 ta.
B. 31 – 33; bo‘yinda – 8 ta, ko‘krakda – 12 ta, belda – 5 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 1 – 3 ta.
D. 30 – 31; bo‘yinda – 6 ta, ko‘krakda – 12 ta, belda – 5 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 1 – 3 ta.
E. 33 – 34 ; bo‘yinda – 7 ta, ko‘krakda – 12 ta, belda – 5 ta, dumg‘azada – 5 ta, dumda – 4 – 5 ta.
15. Orqa miyaning tuzilishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. 3 qavat: tashqi – qattiq, o‘rta – yumshoq, ichki – to‘rsimon;
B. 2 qavat: tashqi – o‘rgimchak to‘rsimon, ichki – yumshoq;
D. 3 qavat: tashqi – epiteliy, o‘rta – muskul, ichki – yumshoq;
E. 3 qavat: tashqi – qattiq, o‘rta – o‘rgimchak to‘rsimon, ichki – yumshoq.


Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin