Oqituvchining kirish so‟zi Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy
o‘zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib, oshqozon va ichak bo‘shlig‘idan qon
hamda limfa tomirlariga so‘riladi.
Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar yordamida, oshqozonda va ichak-larning mayatniksimon
hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishiyfe//:
o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi
oqsil, yog‘, uglevodlaming fermentlar ta‘sirida parchalanishi
kimyoviy о ‘zgarish deb ataladi.
Ovqat hazm qilish organlari lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me‘da, o‘n ikki
barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on ichaklar hamda me‘daosti bezi va jigar kabi organlardan
tashkil topgan
Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo‘lib, ular og‘izning kirish qismini
hosil qiladi.
Og 6 iz bo‟shligida tishlar, til va so‘lak bezlarining kanalchalari joylashgan.
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo‘ladi: sut tishlari — 20 ta,
doimiy tishlar — 32 ta. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola
olti yoshligidan to o‘n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o‘rniga doimiy tishlar
chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo‘lib, yuqori va pastki jag‘da 16 tadan, jag‘larning o‘ng
va chap tomonida 8 tadan bo‘ladi.
Shulardan oldingi 2 tasi
kesuvchi (kurak), bittasi
qoziq, ikkitasi
kichik oziq tish va uchtasi
katta oziq tishlardir.
Qizilo‟ngach uzunligi o‘rtacha 23-25 sm bo‘lib, shilliq va muskul qavatdan iborat. U ko‘krak
qafasi to‘sh suyagining orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga
o‘tkazishdan iborat.
Me‟da qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Katta odamda
me‘daning hajmi o‘rtacha 2,5 1 atrofida bo‘ladi.
Me‘dada ovqat hazm bo‘lib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘tkaziladi.