Zumrad odobli qiz, Zumrad aqlli, chaqqon qiz ). Bu ham bolalar milliy nutqini rivojlantirishning bir usulidir. Bolalar
taqlid va o‘rnak orqali tilni tez o‘rganadilar. Ular bilan suhbatlashish (ertak aytish)
jarayonida qisqa va sodda so‘z-gaplardan foydalansak, nutqimizda turli xil so‘zlarni
qo‘llasak (Zumradni tasvirlashda tasniflovchi so‘zni turli ko‘rinishda aytishimiz mumkin:
chiroyli, aqlli, odobli. Kiyimlarini tasvirlashda:
do‘ppisi bor, atlas ko‘ylagi yarashgan, sochlari uzun ) maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ijtimoiy va madaniy jihatdan har xil oilalardan maktabga kelgan bolalar bir-birlari va
o‘qituvchilar bilan aloqaga kirishish yoxud tildan foydalanish mobaynida muloqot qilish
qobiliyatini namoyon qiladilar. Shuningdek, bu bosqichda faol so‘z boyligi, izchil gapirish
qobiliyati va nutqni aloqa sharoitlariga moslashtirishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarning
nutqiy muloqoti o‘rtasidagi bu farqlar maktabda ta’lim olish jarayonida kuzatiladi. Biz
bolalarning muloqotini kuzatish natijasida ularning jamiyatning qaysi ijtimoiy guruhiga
tegishli ekanligini anglab olamiz.
Har qanday madaniyat bolalarga tilni yetkazishda muvaffaqiyatli bo‘ladi va ota-
onalar farzandiga uni o‘zlashtirishini osonlashtirish uchun ko‘plab usullarni qo‘llashadi.
Ayrim bolalar kamgap bo‘lganliklari uchun fikrlarini aniq aytishga qiynaladilar, bunday
holda ota-onalar farzandlari nomidan nutq so‘zlaydilar, ularning ehtiyojlari va istaklarini
bildiradilar, ularning harakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ona tilida izoh beradilar. Bolaning
nutqi, asosan, ma’lumot almashish jarayonida kattalar bilan kundalik muloqot orqali
rivojlanadi.
Bola og‘zaki nutqida uning odobi, bilimi, xulq-atvori aks etadi. O‘zbek oilalarning,
asosan, ota-onalarning vazifasi farzandlariga bolaligini juda erta yoshdan boshlab aqliy
ravonlikda barkamol rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Ota-onalar bolaga nutqini aniq,
mazmunli, fikrini chiroyli ifoda etish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishda asosiy
shaxs hisoblanadilar, ular farzandlarining kelajakda xalq oldida gapirishdan
cho‘chimaydigan va o‘z fikrlarini tinglovchilar ongiga ta’sir eta oladigan darajada notiq
bo‘lib yetishishlarida muhim qadamni qo‘yuvchilardir.
O‘zbek oilalarida farzandning nutqiy tarbiyasiga azaldan jiddiy ahamiyat bilan
yondashilganini Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi bosh qahramon
Otabekning ota-onasiga bergan javobidan bilsak ham bo‘ladi [1:71].