Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Xotiraning dastlabki ko’rinishlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə13/62
tarix24.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#193445
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Xotiraning dastlabki ko’rinishlari.
Tafakkur va nutqning o’sishi.
6-7 oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo’ladi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli katta, bola juda ko’p harakatlarni va nutqni asosan taqlid orqali egallaydi. Go’daklarda katta yoshdagi kishilarning faoliyatini tashkil qilish asosida unga atrofdagi olam haqida dastlabki tafakkur qilishning oddiy formalari vujudga keladi. 6-7 oylik bola ismi aytilgan narsani ko’rsatadi. Yani harakat xotirasi paydo bo’ladi. xotiraning dastlabki ko’rinishlari asta –sekinlik bilan paydo bo’ladi. Masalan, go’dak o’yinchoqni o’ynayapti, o’yinchoq ovoz chiqaruvchi moslamaga biriktirilgan bo’ladi. Go’dak o’yinchoqni qo’llari yordamida ezsa undan ovoz chiqadi. Bola oradan ancha o’tsa ham o’sha o’yinchoqni olib ezadi. Chunki undan tovush chiqishi mumkinligini biladi. Demak, xotirasida o’yinchoqni bosish harakati qolgan va u shu tufayli ham ezish harakatini bajaradi.
Go’dak shu tariqa kichik harakatlarni eslab qoladi va keyingi gal shu harakat orqali natijaga erishishi mumkinligini biladi. Masalan boladan “Qo’lingiz qani” deb so’ralsa, unga qo’l azosi qaysiligini tushuntirilsa va uni xotirasida qolishi uchun bir necha marta shu mashq takrorlanilsa, u qo’l azosi qaysiligini tushunadi. Kun sayin ham takrorlab beradi. Agar 10-11 oylik go’dak qizcha qo’liga qo’g’irchoq olsa albatta uni “tebratib” uxlatishga harakat qiladi. Bola harakatlanganda o’z xotirasida saqlab qolgan ko’nikmalardan foydalanadi. Uning harakati asosan xotiraning kuchli ishlashi orqali rivojlanadi. Masalan, bola issiq pechga bexosdan qo’lini tekkizib oldi va og’riq sezdi keyingi safar u pechga umuman yaqinlashmaydi. Chunki u avval pechga qo’l tekkanda, og’riq bo’lishini tushunadi. Bulardan ko’rinib turibdiki, bolada tafakkur rivojlanadi. Go’dak 5-6 oyligidan “sermahsul” harakat natijasida yani 2 ta jismdan foydalanish 7 oylikda uyg’unlikda fikrlashni yuzaga keltiradi. Emaklash orqali atrofda turgan o’yinchoqqa intiladi va uni olib o’ynaydi. Go’dakning jismlar bilan bevosita aloqaga kirishuvi ular yordamida harakatlanish narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib olishga imkon yaratadi.
Hayotining ikkinchi yarim yilligida bolaning predmetlar bilan har xil harakatlarning amalga oshirishdagi ildamligi faoliyatining murakkablashuvi fazoda o’rin almashtirishning yangi shakllari vujudga kelishi uni katta yoshdagi odamlarga bog’laydi. U o’yin orqali fikrlagan narsalarini tashqariga chiqarishga harakat qiladi. Bu uning muloqotga kirishuvida ko’rinadi.
Go’dak yarim yoshida ular bilan muloqotga kirishish jarayoni ikki xil xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomonlama, faqat tasir o’tkazish bilan chegaralansa, endi teskari munosabat ham vujudga keladi. Bola kattalarning kiyimini tortqilaydi. Ularga qichqiradi va boshqa harakatlardir. Mazkur holat bolaning kattalar bilan muloqoti rivojlanishining yuqori bosqichga ko’tarilishidan dalolat beradi. Bola hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilish va uni tushunishi rivojlanadi. Bolaning hamkorligidagi o’yin faoliyati ham his –tuyg’uga berilishi ham nutq va faoliyati bilan chambarchas bog’liq bola juda ko’p harakatlarni taqlid asosida egallaydi. Bolani 5-6 oylikdan nutqni tushunishga o’rgatish lozim. Buning uchun bolaga o’yinchoq yoki biror narsaning bir necha marta nomini aytib ko’rsatish kerak. Keyinchalik bolaga bazi narsalarning nomi aytilganda, u ko’zlari bilan shu narsani qidirib topadi. Masalan chapak –chapak deb, takrorlab turib chapak chalinsa bola shu so’z aytilishi bilan chapak chaladigan yoki bolaga “assalomu alaykum” tazim qilib ko’rsatilsa, bola so’zni eshitishi bilan tazim qiladigan bo’ladi.
Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’proq aloqada bo’lishni hohlaydi. Bundan foydalanib bola bilan ko’proq munosabatda bo’lishga uni nutqini o’stirishga harakat qilish kerak. Buning eng oson yo’li u bilan o’yin o’ynashdir. Masalan kuchukni rasmini ko’rsatib “mana vov-vov” , xo’roz yoki tovuqning rasmini ko’rsatib “Kuk-kuk” deyish mumkin, bunda bolalar shu kabi elementlarni ravon talaffuz qilishga o’rganadi. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarda o’z tana azolarining nomlarini o’rgatish lozim. Bolaga “mana og’zi, mana ko’zi” deb bir necha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin bola o’z azolarining nomini aytish bilan birin- ketin ko’rsatadigan bo’ladi. Xali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so’zni shu so’z orqali foydalangan aniq narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Bunda nutqni assotsiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonatsiya va imo –ishoralar orqali tushunadi. O’zgalar nutqini tushunish ko’rish idrokining zamirida vujudga keladi. Bunda katta odam o’zi jism va rasmlarga bolaning diqqatini jalb etadi.
Agar go’dak 3-4 oyligidan gu-gulashga intilsa 5-6 oyligida ayrim tovushlarni qiyqiriq orqali ifodalaydi. Nutqni idrok qilishni va tushunishni oxirgi bosqichi 9-10 oyligidan boshlanadi.
Tadqiqotchi F.İ.Fratkina kattalarning go’dakka qaratilgan nutqidan quydagicha tasirlanish holatlarini aniqlagan:
1) nomi aytilgan buyumga javob tariqasida burilib qarash.
(7-8 oyligida)
2) turmush tajribasida egallagan harakatlarini kattalar eslatishi bilan bajarishga intilish (8-9 oyligida)
3) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasidan oddiy nutq topshriqlarini bajarish (9-10 oyligida)
4) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasi bo’yicha zarur predmetni tanlab olish (10-11 oyligida)
5) mumkin emas taqiqlovchi so’z yordamida harakatni to’xtatish (12 oyligida)
Go’dakdan o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilishi harakatni amalga oshirishi murakkablashib boraveradi. Bular aqliy imkoniyatlar darajasiga bevosita bog’liq. 1 yoshgacha davrni nutqqacha davr deb atash odat bo’lib qolgan. Bu davrda go’dak bosh miya yarim sharlari po’stida ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bog’liq anchagina ishlarni yani nutq taraqqiysi bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va malakalarni amalga oshiradi.
Nutqni tushunib idrok qilish kun sayin ortadi. U bir nimani olishni so’rashni, aytishni hohlaydi, asta- sekin birinchi so’zlar 10-12 ta gacha paydo bo’ladi. Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Go’daklik malum bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyatida tom manoga ega bo’lgan irodasi bo’lmaydi. Go’dak harakatlari juda ixtiyorsiz bo’lib, unda harakatlarni nazorat qilish zaif holatda bo’ladi, lekin irodaviy harakatning bazi ko’rinishlari bor. Bolani mustaqil harakatlarini tashkil etishdan etiboran, unda irodaviy hislatlar tarbiyalana boshlaydi. Sochilgan o’yinchoqlarni yig’ishtirib, o’z joyiga qo’yishning o’ziyoq bola uchun muhim topshiriqdir. Shunga o’xshash topshiriqlar bolani mustaqillikka va matonatlilikka o’rgatadi.
Go’dakni o’z irodasini tarbiyalash uchun unga sharoit yaratish lozim. Unga irodaviy xislatlar faqat doimiy ravishda mashq qilish orqali tarbiyalanadi. Masalan, ovqatlanish, onasi alla aytganda orom olish, odamlar orasida o’z yaqinlarini yoki onasini ko’rganda unga talpinish kabilardir.
Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasining aktiv faoliyati, turli –tuman harakati o’z atrofidagi narsalarni ko’proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlari uchun qulay sharoit yaratish lozim. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga malum darajada zarar etkazadi.
Bu yosh davrida bolani ham jismoniy, ham ruhan sog’lom qilib o’stirish, keyingi davrlar psixik taraqqiyoti uchun muhim zamin yaratadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin