Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə12/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
maruza

Magistral neft quvuri.

  • Magistral neft quvurlarining tarkibi magistral gaz quvurlariga o`xshash bo`lib – bosh inshoot, bosh nasos stantsiyasi, quvurlar tizmasi, oraliq nasos stantsiyasi turli to`siqlardan o`tish joylari, elektrokimyoviy himoya vositalari va boshqalardan tashkil topgan bo`ladi

  • Gazni siqishdagi haqiqiy ish jarayonini indikator diagrammasi.

  • Nazariy diagrammalar va indikator diagrammalari bir biridan farq qiladi. Haqiqiy jarayonda so‘rish paytida bir xil bosim (R) bulmaydi.

  • 4-1 chizigining 4 nuqta R bosim chizig‘idan pastga tushgan vatulkasimon ko‘rinishda bo‘ladi.

  • So‘rish boshlanganida silindrda so‘rish quvuriga nisbatan bosim tushib ketadi. Tashqi bosim kuchi klapan prujinasi va ichki bosim kuchi ustida ish bajaradi va so‘rish klapani ochiladi. Lekin silindr va quvur ichidagi bosimlar bir xil bo‘lishi bilan klapan yopila­di. Bu hodisa ketma-ket takrorlonaveradi.

  • So‘rish jarayonida porshen yo‘lining ikkinchi yarmida, asosan 1 nuqtaga yaqin joyda bosimlar o‘zgarishi kamayadi va grafikda to‘l­qinsimon ko‘ rinishdan to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga o‘zgaradi.

  • 1-2 chiziq esa gazni siqish jarayonini ko‘rsatadi va bu jarayon­ni politropik jarayon deb qaraladi. Adiabatik va izotermik jarayon­larni amaliyotda bajarish murakkab.

  • 1 nuqtada ya’ni o‘lik nuqtada porshen o‘z yo‘nalishini teskari tarafga o‘zgartiradi bunda porshen qandaydir soniyada to‘xtab, ik­kinchi o‘lik nuqta teskari tarafda bo‘lib grafikda 3 nuqta qilib belgilangan.

  • 2 nuqtadan haydash jarayoni boshlanib, grafikda 2-3 chizig‘i ko‘­rinishida berilgan. Porshenning gazni haydashi, so‘rish jarayoniga analogik bo‘ladi va grafikda bu jarayon ham grafikda to‘lqinsimon shaklda bo‘ladi. Haydash bosimi R gacha oshib, bosim kuchi haydash quvuridagi bosim va klapan prujinasi ustida ish bajaradi, ya’ni siqilgan gaz haydash quvuriga uzatiladi. Haydash jarayonida silind­rdagi bosim kamayadi klapan yopiladi, shu tariqa klapan haydash ja­rayonida faqat ochiq turmaydi, ya’ni klapan titrab turadi. Klapan­larning titrashi yoki titrash amplitudasi uning konstruktiv xusu­siyatlariga asosan prujina elastikligiga bog‘liq.

  • Porshenning ikkinchi o‘lik nuqtaga kelishi bilan haydash jarayoni to‘xtaydi va porshen teskari tarafga harakatlanadi. Silindrning o‘lik bo‘shlig‘ida qolgan gaz kenayishni boshlaydi, ya’ni qoldiq gaz bo­simi R dan R gacha tushadi. Bu jarayon grafikda 3 nuqtadan 4 nuqta­gacha davom etadi, so‘ngra butun sikl yana kayta takrorlanaveradi.

  • YUqorida aytilganidek gazni siqish politropik jarayonda sodir bo‘ ladi, chunki gazni so‘rilganda gaz silindr devorlaridan harorat­ni yutib qiziydi, siqish jarayonida esa gaz qiziydi va o‘z harorati­ni silindr devorlariga beradi.

  • Grafikda shtrixlangan yuza foydali ish miqdoriga proporsional­dir. SHtrixlanmagan yuza, ya’ni R to‘g‘ri chizig‘i va so‘rish egri chizig‘i hamda R to‘g‘ri chizig‘i va haydash egri chizig‘i kesishishidan hosil bo‘lgan yuzalar so‘rish va haydash jarayonlarida yo‘qotilgan ish miqdoriga proporsional. R ordinata o‘qi va gaz kengayish chizig‘i (3-4) kesishgandagi yuza kompressor silindrdagi qolgan gaz bosimini oshi­rish uchun sarf bo‘lgan ish miqdoriga proprsional.

  • O‘lik bo‘shliqdagi gaz kengayib porshen teskari tarafga harakatlanganda unga pruji­naday ta’sir qiladi, ya’ni porshenning teskari tarafga harakatlaniniga yordam beradi. SHuning evaziga qoldiq gazni siqishga ketgan ish mikdori kamayadi. Ayrim kompressor porshenlarida qo‘shimcha bo‘shliq mavjud bo‘lib, ular kompressorlarning sarfini tartibga solish uchun xizmat kiladi. Hamma kompressorlarda ham o‘lik bo‘shliq bo‘ladi chun­ki silindr qopqog‘i va porshen orasida albatta oraliq qoladi.



    Yüklə 8,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin