Buxoro viloyati hududiy


Mavzu№8 Quvurlarning maqsadi va ularning turlari Reja



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə13/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
maruza

Mavzu№8 Quvurlarning maqsadi va ularning turlari
Reja.
1 Quvur materiallarining
2 Suyuqlik harorati
3 Bosimiga bog‘liqligi.


Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar joylashadigan imorat (xona) tomsiz (shiftsiz), olovga chidamligi bo'yicha I yoki II darajali bo'lishi kerak. Nasos stansiyasi xonasining poli qulay yuviladigan va neft mahsulotlarini shimmaydigan materiallar bo'lishi kerak. Xona eshigining eni eng katta qurilmaning tashqi o'lchamiga mos kelishi, ya'ni 1,2 metrdan kam bo'lmasligi, balandligi esa 2 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Nasos stansiyasining alohida xonasida kuchlanishi 10 kVt gacha bo'lgan transformator joylashishi mumkin. Ill toifali neft omborlarining nasos stansiyasi binosida dizel generatorini joylashtirishga ruxsat etiladi. Berkituvchi moslamalar tizimini nasos xonasining ichida yoki tashqarisida joylashtirish qabul qilingan me'yor bo'yicha amalga oshiriladi. Masalan, imorat tashqarisida berk nasos devoridan bir metrdan kam bo'lmagan, eshik va deraza joyidan esa 3 metrdan kam bo'lmagan uzoqlikda joylashtiriladi. Nasos stansiyasiga kelayotgan uzatuvchi va so'ruvchi quvurlarda avariya holatida ishlatiladigan berkituv-chilarni nasos stansiyasi devoridan 10—50 metr uzoqlikda o'rnatish kerak. Quvurlar xona polida temir-beton plitalari bilan yopiladigan tarnov ichiga yotqizilgan bo'lishi kerak. Yengil alanga oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni haydash uchun nasos stansiyalarining xonalari shamol beruvchi-suruvchi ventilatsiyalar bilan jihozlanadi. Stansiya xonalaridagi havo almashuvini me'yoriy soni jadvalda keltirilgan. Nasoslarni harakatga keltirish asosan elektrodvigatel yordamida amalga oshiriladi. Ichki yonuv dvigateli va bug' mashinalari faqat elektr manbasi o'chganda
Haydaladigan suyuqlikni turiga ko'ra nasos stansiya xonasidagi minimal havo almashinishi



Haydaladigan suyuqlik

Bir soat davomida havo almashinishlar soni (marta)

Oltingugurt birikmalari bo'lmaganda

Oltingugurt birikmalari bo'lganda

Neft

6,5

10

Benzin

6,0

8,0

Etillangan benzin

13,5

13,5

Kerosin, dizel va motor yoqilg'isi, bitum va mazut

8

10

Surkovchi yogiar, parafin (erituvchisi bo'lmaganda)

3,5

5,5



Eslatma: Havo almashinishilar soni shartli ravishda balandligi 6 metr bo'lgan xona uchun ko'rsatilgan. Balandligi past bo'lgan xonalar uchun balandligining har bir metriga kamayishida havo almashinishlar soni 15 foizga ortadi.

Jo'natishga tayyorlangan gaz hisobli bosim ostida bosh kompressor stansiyasi orqali magistral gaz quvuriga hay-daladi. Gazning quvur orqali oqishi davomida, gidravlik qarshiliklar ta'sirida, birlamchi bosim ko'rsatkichi kamayib boradi. Bu quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Gaz bosimini ko'tarish oraliq kompressor stansiyalari orqali amalga oshiriladi. Oraliq kompressor stansiyalarida gazni tozalash, bosimini oshirish va sovitish ishlari bajariladi.


Gazni tozalash (qattiq mexanik zarrachalar va korroziya mah-sulotlaridan) chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Tozalangan gaz kompressor sexiga keladi. U yerda turbina yoki elektrodviga-tellar yordamida harakatlanuvchi porshenli matokompressorlar yoki markazdan qochma kompressorlar yordamida gazning bosi-mi kerakli ko'rsatkichgacha oshiriladi. Bosimni oshirish jarayonida isigan gazning harorati suvli yoki havoli sovitgichlarda (50—60°C gacha) sovitiladi. Keyin sovitilgan gaz magistral quvurga hay-daladi (25- rasm).
Kompressor stansiyasining ishlab chiqarish qobiliyati 12 mln m3/sutka gacha bo'lsa, porshenli gazomotokompressor-lardan, ishlab chiqarish qobiliyati undan yuqori bo'lsa, markaz­dan qochma nasosli kompressorlardan foydalaniladi. Quvur trassasi uzunligi bo'yicha quriladigan oraliq kompressor stansiya



Kompressor stansiyasining tarkibi:
1— magistral gaz quvuri; 2— chang ushlagich; 3— kompressor sexi; 4— sovitish qurilmasi (suvli yoki shamolli); 5— berkituvchi, ochuvchi kranlar.
(OKS) lar orasidagi masofa gidravlik hisob orqali aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotlarga ko'ra, ularning orasidagi masofa 150— 250 km ni tashkil qiladi. Agar oraliq KS tarkibida yer osti gaz ombori bo'lsa, gazni yer osti gaz omboriga havdash va kerak bo'lgan paytda gazni undan olish kabi texnologik jarayonlar bajariladi.
Magistral quvur orqali oqib kelgan gazni iste'molchilarga tarqatish uning oxirgi bo'limidagi gazni taqsimlash stansiyasi (GTS) orqali amalga oshiriladi. GTS ning asosiy vazifasi yuqori bosimda oqib kelayotgan gaz bosimini kerakli bosimgacha kamaytirish, mexanik iflosliklardan tozalash, qo'shimcha odorantlash hamda gazning bosimini me'yorlab gaz tarmoqlari orqali iste'molchilarga jo'natishdan iborat.
GTS da gazning bosimi 3,6 va 12 atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Magistral quvurdan kelayotgan gaz berkituvchi blok moslamasi orqali to­zalash qurilmasiga keladi (yog'li chang ushlagichga) va u yerda gaz qattiq mexanik qo'shimchalardan tozalanadi. Tozalangan gaz bosimni kamaytiruvchi jihozlarga haydaladi. Bu jihozlarda gaz­ning bosimi kerakli ko'rsatkichlargacha kamaytiriladi.



Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin