Sinov savollar 1. Bir tomonlama harakatlanadigan bir silindrli kompressorlarning sarfini hisoblash.
2. Aylanishlar sonini o‘zgartirish yo‘li bilan sarfni tartibga solish.
3. So‘rish quvurida drossel yo‘li bilan kompressor sarfini tartibga solish.
Tayanch iboralar: Termik koeffitsent, germetiklik koeffitsenti, o‘zgarmas bosimda tartibga solish, aylanishlar chastotasini o‘zgartirish va drossel usullar bilan sarfni tartibga solish, gazni bosqichli siqish.
2 Asboblar va o‘lchash vositalarining ishlashini nazorat qilish.
Moslama agregatga mos prinsipda qurilgan. Moslamadagi signalizatsiya va o'lchash strukturaviy — funksional sxemasiga muvofiq quyidagi tarzda amalga oshiriladi: nazorat qilinayotgan parametrlar datchiklarining signallari doimiy va o'zgaruvchan tok signallarini o'zgaruvchi individual blok BN ga uzatiladi, datchiklar zanjiriga chiziqli bog'langan nazorat qilinayotgan parametrlar signallari yuqori sath 0-10 V gacha bir xillashtirilib o'zgartiriladi.
Me’yoriy holda to’xtash
GPA-S6,3 agregatining me'yoriy holda boshqaruvchi organlarni to'xtash ketma-ketligi.
BN dan chiqayotgan 0-10 V signal uzluksiz signalizatsiya bloki (USB) ning kirishiga uzatiladi. USB da nazorat qilinayotgan parametr o'rnatilgan (o'rnatilgan chegara) O' qiymat bilan solishtiriladi va nazorat qilinayotgan parametrni ME'YOR va TO'XTATISH holatidagi diskret signalni shakllantiradi (MT ko'rinishdagi kontakt).
Nazorat qilinayotgan parametrlarning analog signallari analog datchiklar (AD) dan avtomatik rostlash qurilmasi (ARQ) va raqamli o'lchash va qayd qilish qurilmasi (RO'QQ) ga uzatiladi. Shu bilan bir vaqtda barcha analog signallarni ko'p shkalali ko'rsatib turuvchi asbob (KKTA) ga ham uzatiladi. Shunday qilib, barcha texnologik parametrlar tanlab olingan analogli o'lchashlar (TOAO') KKTA ning kanallari yordamida nazorat qilinadi. RO'QQ dagi barcha nazorat qilinayotgan parametrlarni tanlangan raqamli o'lchash 32 parametrga ko'ra 8 guruhli tablo yordamida amalga oshiriladi. Sig-nallar RO'QQ dan ABT va boshqa tizimlarga chiqib ketadi.
Moslamadagi texnologik parametrlarni o'lchash kanallarining strukturaviy ishonchliligi parallel o'lchash kanallari tuzilmasi hisobiga ta'minlanadi. RO'QQ va TAO' KKTA ga murojaat operatori (MO) orqali bajariladi. Analog datchiklardan signallar boshqa tizimlarga (ВТ) ham uzatilishi mumkin, masalan, hisoblash texni-kasining analog tizimi (HTAT) bilan biriktirilgan RO'QQ orqali