Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə33/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
maruza

Sinov savollar:

  1. SHtangali nasoslar xarakteristiksi.

  2. CHuqurlikka tushiriladigan qanday nasos tiplari mavjud.

  3. Tebranma – dastgohni tanlashda Adonin diagrammasidan foydalanishni tushuntiring.

  4. Tebranma – dastgohning nimalardan tashkil topgan.

  5. SHtangali nasoslarni ishlatishda qanday omillar salbiy ta’sir qilishi mumkin.



Tayanch iboralar:
SHtangali nasoslarning xarakteristikalari, nasos shtangalari, nasos kompressor quvurlari, quduq tubi yordamchi uskunalar, teleskopik nasoslar, kapital ta’mirlash, Faerman formulasi, Adonin diagrammasi, balansirsiz tebranma-dastgohlar.
Sinov savollari:

1. Gidravlik taran deb nimaga aytiladi.
2. Gidromashinalarning rivojlanish tarixi.
3. Porshenli va markazdan qochma nasoslarning matimatik nazariya­si va uni yaratish ustida ishlagan olimlar.


Tayanch iboralar:
Hajmiy (rotorli, shesternali, vintli) nasoslar, gidromashinalar.


Mavzu 22
Asosiy tizimlarni tekshirish.
Reja.
1 Kranlarning ishga yurgizish oldidan holati
2 Klapanlar holati
Quvur transporti tabiiy metan gazini tashishda asosiy transport vositasi hisoblanadi. U orqali 100 foiz metan gazi tashiladi. Keyingi paytlarda gaz diametri 1220 va 1420 mm bo'lgan magistral gaz quvurlari orqali 7,5 MPa gacha bo'lgan bosim ostida tashil-moqda. Bugungi kunda «O'ztransgaz» AK ixtiyoridagi magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 13000 km dan ortiq. Ularning mahsulot o'tkazuvchanlik qobiliyati 15—25 (mlrd m3/yil)ni tashkil qiladi.
Jo'natishga tayyorlangan gaz hisobli bosim ostida bosh kompressor stansiyasi orqali magistral gaz quvuriga hay-daladi. Gazning quvur orqali oqishi davomida, gidravlik qarshiliklar ta'sirida, birlamchi bosim ko'rsatkichi kamayib boradi. Bu quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Gaz bosimini ko'tarish oraliq kompressor stansiyalari orqali amalga oshiriladi. Oraliq kompressor stansiyalarida gazni tozalash, bosimini oshirish va sovitish ishlari bajariladi.
Gazni tozalash (qattiq mexanik zarrachalar va korroziya mah-sulotlaridan) chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Tozalangan gaz kompressor sexiga keladi. U yerda turbina yoki elektrodviga-tellar yordamida harakatlanuvchi porshenli matokompressorlar yoki markazdan qochma kompressorlar yordamida gazning bosi-mi kerakli ko'rsatkichgacha oshiriladi. Bosimni oshirish jarayonida isigan gazning harorati suvli yoki havoli sovitgichlarda (50—60°C gacha) sovitiladi. Keyin sovitilgan gaz magistral quvurga hay-daladi (25- rasm).
Kompressor stansiyasining ishlab chiqarish qobiliyati 12 mln m3/sutka gacha bo'lsa, porshenli gazomotokompressor-lardan, ishlab chiqarish qobiliyati undan yuqori bo'lsa, markaz­dan qochma nasosli kompressorlardan foydalaniladi. Quvur trassasi uzunligi bo'yicha quriladigan oraliq kompressor stansiya(OKS) lar orasidagi masofa gidravlik hisob orqali aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotlarga ko'ra, ularning orasidagi masofa 150— 250 km ni tashkil qiladi. Agar oraliq KS tarkibida yer osti gaz ombori bo'lsa, gazni yer osti gaz omboriga havdash va kerak bo'lgan paytda gazni undan olish kabi texnologik jarayonlar bajariladi.
Magistral quvur orqali oqib kelgan gazni iste'molchilarga tarqatish uning oxirgi bo'limidagi gazni taqsimlash stansiyasi (GTS) orqali amalga oshiriladi. GTS ning asosiy vazifasi yuqori bosimda oqib kelayotgan gaz bosimini kerakli bosimgacha kamaytirish, mexanik iflosliklardan tozalash, qo'shimcha odorantlash hamda gazning bosimini me'yorlab gaz tarmoqlari orqali iste'molchilarga jo'natishdan iborat.
GTS da gazning bosimi 3,6 va 12 atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Magistral quvurdan kelayotgan gaz berkituvchi blok moslamasi orqali to­zalash qurilmasiga keladi (yog'li chang ushlagichga) va u yerda gaz qattiq mexanik qo'shimchalardan tozalanadi. Tozalangan gaz bosimni kamaytiruvchi jihozlarga haydaladi. Bu jihozlarda gaz­ning bosimi kerakli ko'rsatkichlargacha kamaytiriladi.
Suyultirilgan gaz (propan, butan)lar quvurlar orqali bosim ostida suyuq holatda tashiladi. Tashilayotgan suyuq gazning quvurdagi bosimi va harorati shunday bo'lishi kerakki, bu bosim va haroratda suyuq gaz bug'lanmasligi kerak. Umuman, quvurdagi suyuq gazning bosimi 0,6—0,8 MPa da ushlanadi. Agar bosim bundan kam bo'lsa suyuq gaz bug'lanadi va quvur ichida gaz «qopi» hosil bo'ladi. Bu, o'z navbatida, quvuming ishlab chiqarish qo-biliyatini kamaytiradi. Suyuitirilgan gazlar quvur orqali asosan gazni ko'p miqdorda ishlatadigan korxonalar (neft kimyosi korxonalari)ga tashiladi.
Suyuitirilgan gazlarni tashuvchi quvurlarning uzunligi 100 km dan 500 km atrofida bo'ladi. Ulaming umumiy chizmasi keltirilgan.Suyuitirilgan gaz gaz saqlovchi rezervuarlar (/) dan nasos stansiyasi (2) orqali o'lchash punkti (J) ga beriladi. O'lchash punktida sarflanayotgan gazning hajmi aniqlanib, keyin oraliq nasos stansiyasi (4) yordamida quvur (5) ichiga haydaladi, gaz bosimi quvuming oxirgi punktigacha 0,6-0,8 MPa da bo'lishligi ta'minlanadi. Quvur (5) orqali oqib kelgan suyuq gaz quvurning oxirgi punktidagi gaz saqlovchi rezervuarlar (6) ga quyiladi. Suyuitirilgan gaz rezervuarlardan nasos stansiyasi (7) dagi nasos-lar yordamida iste'molchilarga tarqatiladi.
Suyuitirilgan gazlarni tashuvchi magistral quvurlar aholi ya-shash joylaridan tashqarida, shuningdek, yer ostidan o'tkazilgan bo'lishi kerak.
Suyuitirilgan gazni quvur orqali tashish samarali hisoblanadi, ya'ni temiryo'l orqali tashishga qaraganda ikki baravar kam xarajat talab qiladi.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin