Mavzu nomi №19: Nasoslarni ta’mirlash ishlari.
Reja.
1 Salnikli zichlash tizimi
2 Prokladkalarni almashtirsh ishlarni bajarish.
Kompressor stansiyalarning asosiy texnologik jihozi gaz so'rib chiqaruvchi agregat bo'lib, u gazning magistral gaz quvuri bo'ylab harakatining kerakli rejimini ta'minlaydi. Kompressor stansiyalarning yordamchi jihozlarini nasos stansiyalardagi kabi ikki guruhga ajratish mumkin:
gaz so'rib chiqarish agregatlarining normal ishini ta'minlovchi jihozlar;
xizmatdagi obyektlar jihozlari.
Birinchi guruhdagi jihozlarga gazni chang va suv tomchilaridan tozalash qurilmalari, gaz markazdan qochma nagnetatellaridan chiqqandan so'ng uni sovitish uchun jihozlar; gaz so'rib chiqarish agregatlarini boshqarish va uni asrash tizimlari jihozlari kiradi. Kompressor stansiyalarga xizmat ko'rsatuvchi yordamchi jihozlarga suv ta'minoti, kanalizatsiya, aloqa, telemexanika va energiya ta'minoti tizimlarining jihozlari kiradi.
Kompressor stansiyalarning gaz so'rib chiqarish agregati markazdan qochma nagnetateli va yuritmadan iborat. Yuritma sifatida gaz turbinalar (statsionar, aviatsion va sudali) va elektr dyigatellardan foydalaniladi. Gaz turbinalari eng ko'p tarqalgan. Bunga ularning qator afzalliklari sabab: turbinani sovuq holidan kam vaqt oralig'ida chiqarish (15—30 min) gazomotokompressorlarga qaraganda gabarit va massasining kichikligi, foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi (30% gacha), konstruksiyasining sodda va ishonchliligi, bir agregatning o'zi katta quvvatga egali-gi, sezilarli vibratsiyaning mavjud emasligi, energiyaning tashqi manbalariga bog'liqmasligi va h.k. Gaz so'rib chiqaruvchi agregati nagnetateli markazdan qochma kompressor bo'lib, u yuqori unumdorligi (80 mln m3/sutkagacha yoki 30 mlrd m3/sutka-gacha) va yuqori siqish darajasi (bir pog'onalilari uchun 1,22— 1,25 va ikki pog'oritelilari uchun 1,45—1,5) ga ega. Bir pog'onali markazdan qochma nagnetateli quyma korpusdan tashkil top-gan. Korpus ichida esa yo'naltiruvchi apparat joylashtirilgan. Yo'naltiruvchi apparat ichida rotor valga konsol tarzda o'rnatilgan ishchi g'ildirak aylanma harakatda bo'ladi. Ishchi g'ildirakka gaz rotor o'qi bo'yicha (o'qiy) yoki tangensial kel-tiriladi. Gaz ishchi g'ildirak kuraklariga tushgach, periferiya bo'shlig'iga yuboriladi (tashlanadi), nagnetatel kollektori orqali siqiladi va itarib chiqariladi. Ikki pog'onali siqish nagnetatelining ketma-ket birlashtirilgan ikkita pog'onaga egaligi bilan ajralib turadi. Siqishning har bir pog'onasi yo'naltiruvchi apparat va ishchi g'ildirak (rotor) dan tashkil topgan. Ishchi g'ildirakning ikkalasi ham bir valga o'rnatilgan. Ikki pog'onali nagnetatellarni qo'llash bir gaz so'rib chiqarish agregatida siqish darajasini 1,5 marta oshirishga, kompressor stansiyalarda gaz so'rib chiqarish agregatlari sonini kamaytirishga, agregatlarquvurlarini ulash tizi-mini anchagina soddalashtirishga imkon yaratadi (1.3- rasm).
Gaz turbina yoki elektr dvigatellarni markazdan qochma nagnetateli bilan birlashtirish (ulash) kuchaytiruvchi reduktor (elektr yuritma uchun majburiy va gaz turbinalarining ayrim tur-lari uchun) yoki bevosita mufta orqali amalga oshiriladi. Nag-netatellar yuritmasi elektr dvigatellarining katta qismi 3000 ayl/ min aylanish chastotasi (rotor) ga, nagnetatel rotori esa 4600 dan 7900 ayl/min gacha bo'lgan aylanish chastotasiga ega bo'lganligi sababli oraliq kuchaytlrish reduktorlari qo'llaniladi.
Gaz turbina yoki elektr dvigatellarni markazdan qochma nagnetateli bilan birlashtirish (ulash) kuchaytiruvchi reduktor (elektr yuritma uchun majburiy va gaz turbinalarining ayrim tur-lari uchun) yoki bevosita mufta orqali amalga oshiriladi. Nag-netatellar yuritmasi elektr dvigatellarining katta qismi 3000 ayl/ min aylanish chastotasi (rotor) ga, nagnetatel rotori esa 4600 dan 7900 ayl/min gacha bo'lgan aylanish chastotasiga ega bo'lganligi sababli oraliq kuchaytlrish reduktorlari qo'llaniladi.
Gaz turbina - birlamchi dvigatel bo'lib, Lining ishchi organi (rotori) aylanma harakat qiladi, unga tashqaridan keltirilayotgan ishchi jism (gazlarning yonishi) kinetik energiyasi mexanik ishga (rotor aylanishi) aylanadi. Gaz energiyasini ko'paytirish uchun uni siqish kerak va maxsus yonish kameralarida havo bilan ara-lashmada yonishi hisobiga amalga oshiriladi. Gaz turbina, Lining xizmatidagi mexanizm va uskunalar (o'qiy kompressorlar, yonish kamerasi va boshqalar) bilan birga gaz turbina qurilmasini tashkil qiladi (1.4- rasm). U esa nagnetatel bilan (kerak bo'lsa, reduktor bilan) birga gaz so'rib chiqarish agregatini (GSCHA) tashkil qiladi.
agregatining umumiy ko'rinishi. Gaz so'rib chiqarish agregatining tarkibiga quyidagilar kiradi: yuqori bosim quvur o'tkazgichi (YUBQO'), past bosim quvur o'tkazgichi (PBT), o'qiy. havo komprcssori, yonish kamerasi. ishga tushirish turbinasi (turbodentandcr), regenerator (issiqlik almash-tirgich), markazdan qochma nagnetateli.