Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə31/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
maruza

Joriy ta'mirlash — texnologik jihozlar va ularning elementlarining kafolatli ish qobiliyatini tiklash. Bunda texnologik jihozlar, qurilmalar va asbob-uskunalarning keyingi rejali ta'mirlashgacha bo'lgan vaqtda mahkamligi va boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha javob bera olmaydigan ayrim detallari ta'mirlanadi yoki almashtiriladi.
O'rta ta'mirlash — jihozlarning ish holatida bo'lishini, ya'ni ularning resursini tiklash uchun (to keyingi o'rta yoki kapital ta'mirlashgacha) bajariladigan ish. Bunda jihozning ma'lum tarkibiy qismini (kam va o'rta mahkamlikka ega bo'lgan) ta'mirlash yoki almashtirish ishlari bajariladi.
O'rta ta'mirlashdan keyin jihozlar va ularning tarkibiga kiruvchi kompleks detallarning ish qobiliyati tiklanadi va keyingi rejali o'rta ta'mirlashgacha talab qilingan me'yorda ishlaydi.
O'rta ta'mirlash joriy ta'mirlashda bajariladigan kompleks operatsiyalarni ham o'z ichiga oladi. Texnologik jihozlarni o'rta ta'mirlashda ularning ayrim detallarini (tegishli jihozning ajralmas qismini) kapital ta'mirlash davrida zamonaviylashtirishga ruxsat beriladi.
Kapital ta'mirlash — jihozlarning to'la ish holatini va resursini tiklash uchun bajariladigan ish. Bunda texnologik jihozning istalgan qismini, shu bilan bir qatorda, o'zini almashtirish yoki tiklash ishlari bajariladi.
Kapital ta'mirlash jihozning ish qobiliyatining keyingi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan davrda talab qilingan me'yorda bo'lishi ta'minlaydi. Shu jumladan:

  • o'rtacha mahkamlik ko'rsatkichi kichik bo'lgan jihoz detal-lari va yig'ma bo'laklarini keyingi joriy ta'mirlashgacha;

  • mahkamlik ko'rsatkichi o'rtacha bo'lgan jihoz detallari va yig'ma bo'laklarini keyingi o'rta ta'mirlashgacha;

  • mahkamlik ko'rsatkichi yuqori bo'lgan jihoz detallari va yig'ma bo'laklarini keyingi kapital ta'mirlashgacha va h.k.

Kapital ta'mirlash joriy va o'rta ta'mirlashlarda bajariladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi.
Kapital ta'mirlashda texnologik qurilmalarning ayrim jihozlarini (iqtisodiy talablarga javob beraolmaydigan) zamonaviylashtiriladi. Jihozlarni (nasos va rezervuarlarni) rejali ta'mirlash o'rtasida ishlash vaqtlari, ya'ni ta'mirlash oralig'i 20-va 21-jadvallarda keltirilgan.
Kapital ta'mirlashlar oralig'i ta'mirlash sikli deb ataladi, ya'ni u kapital ta'mirlashlar o'rtasida amalga oshiriladigan joriy va o'rta ta'mirlashlar sonini ko'rsatadi.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin