Ikki kompressorii havo kompressor qurilmalarining soddalash-tirilgan funksional (a) va prinsipial (b) elektr sxemasi. Agar tizimdagi bosim yuqori chegaraga mos kelsa, ikkala kompressor ham ishlamaydi. EKMmax kontaktda EKMl va EKM2 manometrlar yopiq bo'ladi, EKMmin kontaktda esa ochiq bo'ladi. Bosim tushishi bilan awalo EKMmax kontaktlar ochiladi, bosim EKMl da belgilangan birinchi quyi darajaga yetib kelsa, uzuvchi kontakt EKMlmjn yopiladi va kompressor Kl ishga tyshadi. Bosim tushishida davom etaversa EKM2min kontakt yopiladi va kompressor K2 ishga tushadi. Bosim yuqori chegaraga yetib, EMK kontaktlarida qisqa tutashuv hosil bo'lsa, ikkala kompressor ham o'chiriladi. Bunda rele RP4 yeyiladi, RP1 va RP2 kompressorlarni boshqarish relesidagi g'altak zanjirining ishchi kontakti ochiladi. Bu kontakt KL1 va K.L2 larni uzb hamda elektrodvigatelni to'xtatishni ta'minlaydi. Compressor Kl va K2 larni qo'lda boshqarish mos keluvchi boshqarish tugmalari yordamida bajariladi.
Isitish agregatlarining ishlashi davomida yuz beruvchi texnologik jarayonlar o'zaro bog'liq kattaliklar to'plami bilan tavsiflanadi. Bu kattaliklardan bittasi (misol uchun bug' sarfi) ningo'zgarishi qolgan barcha kattaliklarga ta'sir qiladi. Bularga bug' bosimi, chiqariluvchi tutun-gazlar, o'txonaga beriluvchi yoqilg'i va havoning miqdori, qozonga quyiluvchi suv sarfi kiradi.
Qozonxonalarni avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik rostlashda, avtomatik nazorat, masofadan boshqarish va me'yoriy ish rejimida chetlanishlar to'g'risida ma'lumot chiqarishda ko'riladi.
Qozonxona qurilmalarini avtomatlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar: bug' bosimi (yoki suv isitish qozonlaridagi suv harorati) ni o'zgarmas qilib ushlab turgan holda qozonlarning yuklanishidan kelib chiqib, havo va yoqilg'i uzatishni rostlash, og'irlik kuchini rostlab turish, qozonlarni suv bilan ta'minlash va o'ta qizigan bug'lar haroratini rostlab turish. Qozonning yuklanishiga bog'liq tarzda havo va yoqilg'ini avtomatik rostlash, bug' bosimi (yoki suv harorati) ni berilgan me'yorda ushlab turish va og'irlikni rostlash (o'choqda siyraklab turish) ni yonish jarayonlarini avtomatlashtirish deb atash qabul qilingan. Qozonni ta'minlab turishni avtomatlashtirishga bog'liq tarzda qozonga suv yetkazib turishni rostlash va qozonning charxidagi (baraban) suv miqdorini bir me'yorda ushlab turish kiradi.
Qozonxona qurilmalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik rostlash quyidagi turli struktur sxemalar asosida bajarilishi mumkin: parallel, ketma-ket va parallel – ketma – ket bog'langan rostlagichlar. Qozonxona qurilmalaridagi yonish jarayonlari gidravlik, elektrik va elektron tizimlardan foydalanib rostlanishi mumkin. Aralash tizimlar ham qo'llaniladi.
Qozonxonada quyidagi parametrlar rostlanadi: gaz bosimi, ba'zi hollarda gorelkaga tushuvchi gaz va havo hajmining o'zaro nisbati; suv isitish qozonlaridagi suvning harorati yoki bug' qozonlaridagi bug'ning bosimi. Bundan tashqari gaz bosimining chegaradan tashqari ortib yoki tushib ketishidan avtomatik himoya hamda o'tning o'chib qolishidan himoya ham e'tiborga olinishi lozim.
Ishlab chiqaruvchanligi kichik isitish qozonlaridagi yonishni avtomatik rostlash tizimi ko'rib chiqiladi.
Gaz bosimni rostlagich (1) orqali o'tadi. Trubka (2) qozon ishlamayotganda sizish sodir bo'lsa, gazni atmosferaga chiqarib tashlashga mo'ljallangan, qozon ishlaganda bu trubka qayta berkitiladi. So'ngra gaz uzgich-klapan (12) ga tushadi. Uzgich-klapan o'tishi bunda yopiq bo'lib, gaz faqat uzgich-klapan orqali haydovchi gorelka (9) ga hamda elektromagnit klapan (4) ga va dilatometrik termorele (5) ga o'tishi mumkin