Buxoro viloyati hududiy


Isitish qozonlaridagi gazning yonish jarayonlarini avtomatik rostlash sxemasi



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə45/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
maruza

Isitish qozonlaridagi gazning yonish jarayonlarini avtomatik rostlash sxemasi.
Ishlamayotgan vaqtda elektrorragnit klapan va issiqlik rostlagich klapanlari bo'ladi va uzgich-klapanning membranalari ustidagi bo'shliqni gaz to'ldiradi. Bunda membrana ustidagi va ostidagi bosim tenglashadi hamda prujina o'z og'irligining ta'siri ostida membrana yotadi va gaz o'tishini berkitadi. Tizimni ishga tushirish uchun elektromagnit klapan (4) ning tugmasini bosish lozim. Bunda gaz svechasi (8) ga gaz o'tishi ochiladi. Termopara (7) ning ulan-gan joyi qiziganda klapan ochiq holda ushlab turiladi va gaz plitali gorelka (6) ga beriladi. So'ngra asosiy gorelkaning klapani (10) ni qo'lda ochish kerak. Gorelkadan chiquvchi gaz plitali gorelka cho'g'idan yonadi.
Elektromagnit relening ochiqligida klapan-uzgich membrana usti sohasida pastki sohasiga nisbatan sezilarli kichik bosim o'rnatiladi (xuddi drossel shaybalari (3) va (11) da gaz bosimi keskin tushib ketgani kabi). So'ngra bu klapan-uzgich ochiladi va gorelkaga gazni o'tkazib yuboradi.
Qozondagi suv harorati berilgan chegaragacha ko'tarilganda dilatometrik termorele klapani ochiladi va gaz membrana usti sohasiga o'tkaziladi. Membrana osti va ustidagi gazlar bosimi tenglashtiriladi (drossel o'zida katta qarshilik namoyon qilishi bilan) va klapan-uzgich yopiladi: qozon gorelkasiga gazning o'tishi to'xtatiladi.
Plitali gorelka yonishda davom etadi, chunki elektromagnit klapan ochiqligicha qoladi. Suvning harorati tushishi bilan termorele klapani yopilib, membrana ostidagi bo'shliqni boiib qo'yadi. Gaz drossel orqali plitali gorelkaga chiqib ketishi bilan bosini tushib ketadi. Ajratkich-klapan ochiladi va qozonning gorelkasiga gaz o'ta boshlaydi.
Olovni o'chib qolishidan saqlash quyidagi ko'rinishda amalga oshiriladi. 04 o'chib qolsa, elektromagnit klapanni tok bilan ta'minlovchi termoparalarning elektr yurituvchi kuchi yo'qoladi va klapan yopiladi. Gaz oqimi to'xtaydi va ajratkich-klapanning har ikki tarafidagi gazning bosimi tenglashadi. Klapan yopiladi va qozon gorelkasiga gaz uzatish to'xtaydi


Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin