Energiya va uning xalq xo’jaligidagi o’rni. Ekologik toza energiya
turlari
Mamlakatlar
iqtisodiyotida
asosiy
va
tayanch tarmoqlardan biri
elektroenergetikadir. Fan-texnika rivojlangan davrda xalq xo‘jaligi barcha
tarmoqlarining
elektrlashtirilishi
va
avtomatlashtirilishi
elektroenergetika
tamog‘iga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalariga ko‘ra energetika sanoati uch
turga bo‘linadi: issiqlik, gidro va atom energetika tarmoqlaridir. Butun jahondagi
issiqlik elektrostansiyalari umumiy elektr energiyaning 63% manbalarini ishlab
chiqaradi. Issiqlik elektr stansiyalarining asosiy yoqilg‘i manbalari ko‘mir, gaz,
mazut va torfdir. Mamlakatimiz energetika tizimining umumiy quvvati 11,3
million kilovatt bo‘lgan 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat.
Elektr stansiyalar
206
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ekektr energiyagining 85 foizini IES
lar beradi. 1950-yilda O‘zbekiston umumiy energetika balansida ishlab chiqarilgan
ekektr energiyasining 64,5 foizi GESlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Keyinchalik tabiiy gaz konlarining boy zahiralari topilishi elektr
energiyaning IES larda ko‘p ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda
IES lar XX asrning 50-60-yillarida tabiiy gaz konlari zahiralarining topilishi bilan
rivojlana boshladi. Hozirgi kunda ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyaning asosiy qismini tashkil qiladi. IES larni joylashtirishda quyidagi
tamoyillarga e‘tibor beriladi:
1.
Agar yoqilg‘i tashib ketish xarajati elektr energiyani ishlab chiqarish
xarajatidan yuqori bo‘lsa, elektr stansiya yoqilg‘i manbaiga yaqin
joyda quriladi. Bunga misol tariqasida Angren, Yangi Angren
GRESlarini ko‘rsatish mumkin, chunki ko‘mirni Toshkentga tashib
olib kelib, elektr energiya hosil qilgandan ko‘ra xom ashyoni o‘sha
yerning o‘zida yoqish arzonga tushadi.
2.
Agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, GRESlarni iste‘molchiga
yaqin joyda qurish foydalidir. Bunga Toshkent, Navoiy, Taxiatosh,
Sirdaryo GRES lari misol bo‘ladi. Bu turda xom ashyoni keltirish
elekrt energiyani uzatishga qaraganda arzon.
Quyidagi jadvalda Respublikamizdagi yirik IESlar haqida ma‘lumotlarni
keltiramiz:
Suv elektr stansiyasi
(GES)
Atom elektr
stansiyasi (AES)
Issiqlik elektr
stansiyasi
Issiqlik elektr
stansiyasi (IES)
Issiqlik elektr
markazi (IEM)
|