Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə13/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Bolajonlar, mahallada kimlar yashaydi?
Mahallamiz ko‘chalari qanday ekan?
Mahallamizda qanday binolar bor?


Mavzu: O‘zbekiston — mening Vatanim
Maqsad: Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston-suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi” mazmunidagi 1-moddasi asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga tug‘ilib o‘sgan joyi haqida so‘zlab, Vatan tushunchasiga izoh berish, bolalarga o‘z Vataniga mehr tuyg‘usini uyg‘otish, Vatan borlig‘ini (daraxtu, gulzorlarini, jonzodlarini) asrab-avaylashlari lozimligini bolalar ongiga singdirish.
Vatanimizning o‘z bayrog‘i, gerbi, madhiyasi borligi haqida ilk tushunchalarni berish.
Kutilayotgan natija:Bolalar Vatan - bu har bir insonning tug‘ilib o‘sgan uyi ekanini anglab yetadilar, vatan so‘zining ma’nosini tushunib yetadilar. Vatanimizda eng yaxshi urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz xaqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar: Vatanimizning bayrog‘i, gerbi, “Mening mahallam”, “Bog‘”, “Poliz”, sabzavot, mevalar suratlari.
Suhbatning borishi: Bolalar, siz Vatan so‘zini ko‘p eshitgansiz, lekin vatan so‘zining ma’nosini tushunasizmi? Vatan nima? Vatan - bu har bir insonning tug‘ilib o‘sgan uyi. Vatan oiladan, ona bag‘ridan boshlanadi. Go‘dak ilk bor ko‘z ochib onani tanidi. Onasining bag‘rida tinch uxlaydi, orom oladi, vatanga mehr ona suti va allasidan boshlanib inson kalbiga singib ketadi. Siz ham ko‘chaga o‘ynagani chiqasiz, lekin uyingizni topib kelasiz, o‘z uying - oltin beshiging, ona yurting — oltin beshiging deganlari shu. Vatan har bir insonning ko‘chasi, mahallasi yurtidir.
Demak, bizning Vatanimiz O‘zbekiston. O‘zbekiston yurtida biz tug‘ilib o‘sdik, O‘zbekiston — bu mening Vatanim, sening Vataning, bizning Vatanimiz.
O‘zbekiston - serquyosh o‘lka, tuprog‘i xosildor, odamlari mehribon diyor.
Vatanimizning o‘z bayrog‘i, gerbi, madhiyasi bor, madhiyamizning qanday so‘zlar bilan boshlanishini bir eslab ko‘ring "Serquyosh hur o‘lkam" Vatan so‘zini o‘lka so‘zi bilan almashtirsa bo‘lar ekan. Vatan, yurt, o‘lka, diyor bir xil ma’nodagi so‘zlar. Vatanni nima uchun sevamiz. U nimasi bilan bizga qadrli, aziz? (Bolalar javoblari) Tarbiyachi: Vatanimiz bizga xalqi bilan aziz, urf-odati, qadriyatlari bilan aziz. Bizning eng yaxshi urf odatlarimizni bilasizmi? To‘g‘ri, bolajonlar bizning eng yaxshi urf odatimiz - biz ota-onamizni aziz insonlar deb bilib, ularni sizlab hurmat qilamiz, doim ularni maslahatlariga quloq solamiz, ular chaqirganda “Labbay”, “Xo‘p bo‘ladi” deymiz, ularni ranjitadigan so‘zlarni aytmaymiz, yana bir yaxshi urf-odatlarimizdan biri – o‘zimizdan kattalarni hurmat qilamiz. Kattalarni ko‘rganda albatta ularga salom beramiz, kattalarga doimo joy beramiz. Bizning yana eng yaxshi odatlarimizdan biri - mehmondo‘stmiz. Uyga mehmon kelsa, albatta mehmonni xursandchilik bilan kulib kutib olamiz, oldiga noz-ne’matlar qo‘yamiz. Mehmon ketayotganda “Yaxshi yetib oling”,“Yana mehmon bo‘lib keling” kabi so‘zlar bilan kuzatamiz.
Bizga Vatanimiz osmoni, yeri, tabiati, ne’matlari bilan aziz. Vatanimiz, ne’matlari deganda nimani tushunamiz? (sabzavotu, mevalari, poliz ekinlari).
(Tarbiyachi bolalarga mevali bog‘, sabzovotlar pishib yetilgan poliz ekinzorlarni ko‘rsatadi).

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin