Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə21/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Ertaga qanday bayram nishonlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobida nimalar yozilgan?(bolalarga g‘amxo‘rlik, kattalarga ham g‘amxo‘rliklar yozilgan)
Vatanimiz, Vatanimiz ramzlari haqidagi she’rlarni kim aytadi?
Mavzu: «Bugun bolasiz, ertaga askar bo‘lasiz»
Suhbatning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqorolar qonunda belgilangan tartibda xarbiy yoki muqobil xizmatni o‘tishga majburdirlar” mazmunidagi 52-modda asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga harbiy qo‘shinlarda: sipohlar, tankchilar, dengizchilar borligi, Vatanni himoya qilish uchun ular jasur va kuchli, chiniqqan bo‘lishlari kerakligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir degan tushunchani chuqur tushuntirish. Yodlagan she’rlarni ifodali qilib aytib bera olish. O‘yin orqali jismoniy chiniqtirish.
Bolalarga dam berish maqsadida tinch o‘yin o‘ynash va tasviriy faoliyat suhbatiga taklif etish. Predmetlarni tasvirlash bo‘yicha rasm chizishga o‘rgatish. Chizayotgan buyumning o‘ziga xos xususiyatiii ko‘rsata olishga o‘rgatish.
Kutilayotgan natija: suhbat natijasida bolalarda erta turish, tez kiyinish, tartibli ovqatlanish, kiyim kechagani toza tutish, o‘g‘il bolalarga xos jasoratli, quchli bo‘lish kabi tuyg‘ular shakllanadi.
Suhbatning borishi: Bolalar men sizga harbiy qo‘shinlar haqida juda ko‘p hikoyalar o‘qib berganman. Harbiy ko‘shin qismlariniig suratlarini ko‘rib chiqqansiz (sipohiylar, tankchilar, dengizchilar).
-Zobitning qaysi qismda xizmat qilishini qaerdan bilsa bo‘ladi?
Bolalar javobi:
Kiyimidan.
To‘g‘ri, ularning kiyimlaridan.
Yana qanday bilish mumkin?
Bolalar javobi:
Nishonidan.
Bolalar bugunga suhbatimiz askar bo‘lish uchun bolalar oldindan qanday tayyorgarlik ko‘rib borishlari kerakligi haqida bo‘ladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz askar bo‘lish osonmi? Yoki bolalikdan tayyorgarlik kerakmi? (Bolalar javoblari)
Tarbiyachi: Ochig‘i, bolalar onasining etagiga yopishib, hiqillab yuradigan erkatoylardan zobit chiqmaydi. Axir o‘g‘il bolalarning hamisha so‘zlari burro, qadamlaridan o‘t chaqnab turishi kerak-da. Masalan: harbiy xizmatda askarlar juda qisqa fursatda boshdan oyoq kiyinib safga turishlari, 20 minut davomida yuvinib, taranib, soqolini olishlari lozim.
Ertalab nonushta, tushlik tamaddi qilishlariga 20 minut ajratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, askarning ko‘rinishi, yurish-turishi nizomdagiday bo‘lishi, ust-boshiga gard yuqmasligi, doimo-ozoda, kiyimi dazmollangan, poyafzali yaraqlab turgan bo‘lishi kerak. Bularni uning o‘zi tez va to‘g‘ri bajarishi kerak bo‘ladi.
Men aytayotgan gaplar balki osondek tuyular, lekin kimki kichkintoyligidan shunday fazilatlarga ega bo‘lsa, ularga oson bo‘ladi, erkatoylar esa juda qiynalishadi Bolalar shuni unutmengki, siz tez kunda ulg‘ayib Vatanimiz posbonlariga aylanasiz. Buning uchun, siz eng avvalo, sog‘lom bo‘lishingiz kerak. Sog‘lom bo‘lish esa jismoniy tarbiya, sport bilan muntazam shug‘ullanishni, turli harakatli o‘yinlar bilan o‘ynashni talab qilinadi. Vatanni qo‘rqoq, nomard emas, mardlar qo‘riqlaydi. Ana shu mardlarni el olqishlaydi. Buning uchun bolalar yoshlikdan chiniqib, toblanib har tomonlama tayyor bo‘lib borish kerak. Mustaqil O‘zbekistonimizning qurolli kuchlari safda xizmat qilish har bir farzand uchun sharafdir. Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir. Chunki har bir yigit 18 yoshida Vatanimizni himoya qilishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Vatanni sevish, vaganparvarlik burchini har bir fuqaro chuqur tushunishi kerak.
Bolalar, askar yigitlarga bag‘ishlangan she’rlarni bir eslab olsak. Kim aytib beradi? («Chegarachi, «Askar akam», «Tabrik»).
Hozir esa, bolalar, men sizga bir o‘yin taklif etmoqchiman. Diqqat bilan eshiting. Faraz qiling, siz zobitlarsiz, o‘kuv mashqidasiz. Ikki guruhga ajraling. Bolalar sanama aytib, ikki guruhga bo‘linadilar. Guruh xonasida ikkala guruh uchun alohida egilgan yoylar. Bolalar yoy ostidan emaklab o‘tib, savatga to‘pni tushirishga harakat qiladilar. «Nishonga aniq» o‘yin mashqi o‘tkaziladi.
Tinch o‘yin «Kim ketdi?»
Tarbiyachi: Bolalar, charchab qolmadinglarmi? Agar istasangiz hozir qurolli kuchlar mavzusida rasm chizishingiz mumkin. Bolalar tank, samolyot, raketa, avtomat rasmlarini chizishlari mumkin.
Tarbiyachi bolalar ishlarini nazorat qiladi.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin