Ertalabki suhbatlar


Jismoniy daqiqa. O‘yin: “Yo‘l harakati”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə18/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Jismoniy daqiqa. O‘yin: “Yo‘l harakati”
Bolalarni xohlagan transport bo‘lishlarini taklif etish.
Bolalar transportlarni nomlaydilar. Tarbiyachi yashil doirachani ko‘targanda, bolalar transportlar kabi harakatlanishadi, qizil doirachani ko‘targanda esa hammalari to‘xtaydilar (o‘yin mana shu holatda 2 – 3 marta takrorlanadi).


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Bolalar,ko‘cha, yo‘l haqida nimalarni bilib oldingiz?
Piyodalar yo‘lning qaysi qismidan yurishlari kerak?
“Zebra” shaklidagi chiziqlar nimani bildiradi?
Svetoforning qizil chirog‘i piyodaga nima deydi?
Svetoforning sariq chirog‘i piyodaga nima deydi?
Svetoforning yashil chirog‘i piyodaga nima deydi?
Bolalar qaerda o‘ynashlari kerak?
Suhbat yakunida faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
KATTA Yosh DAVRI (5-6 yosh)
Mavzu: «Yashil do‘stlar» suhbati.
Suhbatning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar? Mazmunidagi 50-modda, “ Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” mazmunidagi 55-moddalari asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarda tabiatni asrash va avaylash hissini uyg‘otish.Bolalarning yashil do‘stlarning ahamiyati haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Bolalarga «Bir olma tarixi» hikoyasini o‘qib berish orqali bog‘dorchilik ishlariga qiziqish uyg‘otish. O‘yin orqali daraxtlarning barglarini farqlashga o‘rgatish.
Kutilayotgan natija:Bolalarda tabiatni asrash va avaylash hissi uyg‘onadi, yashil do‘stlarning ahamiyati haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Suhbatning borishi: Bolalar bugungi suhbatimizni «Yashil do‘stlar» deb nomladim. «Yashil do‘stlar» deganda nimani tushunsiz? Nima uchun ularni do‘st deb atayapmiz? (bolalar dorivor o‘simliklar, bog‘ va poliz ekinliklari).
To‘g‘ri, yashil do‘stlarimiz insonlarni to‘ydiradi, kiyintiradi, havoni poklab beradi, so‘lim go‘shalar yaratadi, xo‘jalik va qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi, ko‘zga zavq beradigan go‘zal manzarani yaratadi.
Gap yashil do‘stlarimizning hosiyatlari haqida borar ekan, uning ajoyib hislatlaridan biri shifobaxshligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. O‘zbekiston shifobaxsh mevali daraxtlari bilan mashhur. Masalan, anjir, olma, behr, o‘rik, shaftoli. Gap shunday ekan ularni himoya qilish bizning burchimiz. Ular bizning yordamimiz, g‘amxo‘rligimizga muhtojdirlar. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilinadi. Kimki ularga zarar keltirsa, o‘zboshimchalik bilan ko‘cha, xiyobondagi daraxtlarni kesib tashlasa javobgarlikka tortiladi (jarima solinadi).
Bundan maqsad: inson salomatligani saqlash, ekologiya xavfsizligini saqlashdir. Daraxtlar, o‘simliklar asrab avaylansa yozning issiq kunlarida uning salqinida dam olasiz, ular esa tabiatni tozalab turishga xizmat qiladi. Bundan buyon biz bog‘chadagi, ko‘chadagi daraxtlarga zarar keltirmaymiz. Shohlarni sindirmaymiz, ayniqsa, o‘rik daraxti dovcha qilganda unga zarar yetkazmaymiz. Aksincha ularni parvarishlab, tagini yumshatib suv quyib turamiz. Chunki ular bizning do‘stimiz. Hozir bolalar sizga «Bir olma tarixi» hikoyasini o‘qib beraman. Diqqat bilan eshiting.
Tarbiyachi hikoyani o‘qib berib, hikoya bo‘yicha savol-javob o‘tkazadi (P.Yusupova «Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish»).
Hikoyadan so‘ng «Bargiga qarab nomini ayt» o‘yini o‘tkaziladi. O‘yin tugagach, tarbiyachi bolalar bilan birgalikda maydonchaga ko‘chatlar o‘tkazishadi. Bolalar ko‘chatlarni ushlab turadilar, tuproqni kovlagan joyga tashlaydilar, ko‘chatlarni sug‘oradilar, daraxtlarni ohak bilan oqlaydilar.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin