Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Bizning O‘zbekiston davlatimiz qanday davlat?
O‘zbekistonda fuqorolar kimlar? (doimiy yashovchi odamlar)
Qanday o‘yin o‘ynadik?
Qanday mavzuda rasm chizdik?
Suhbat yakunida bolalar Qonun, Konstitutsiya, fuqarolik, inson, odam, huquq, burch to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘ladilar. Ularda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish faxr ekanligi to‘g‘risida ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Mavzu. «O‘zbekiston timsollari» suhbat Maqsad:O‘zbekiston Respublikasining ramzlari: bayroq, gerb, madhiya bilan tanishtirish. Bolalarga timsoldagi ifodalar ma’nosini tushunishga yordam berish va ularga nisbatan hurmat bilan qarash, davlatimiz ramzlaridan faxrlanish va ularni hamisha himoya qilish, madhiya matnini yaratgan shoirni, musiqasini yaratgan bastakorning ismi, shariflarini bilish.
Kutilayotgan natija:Bolalarning O‘zbekiston Respublikasining ramzlari: bayroq, gerb, madhiya xaqidagi tushunchalari mustahkamlanadi, madhiya matnini yaratgan shoirni, musiqasini yaratgan bastakorning ismi, shariflarini bilib oladilar.
Suhbatning borishi: Bolalar, bugun men sizga O‘zbekiston timsollari haqida so‘zlab beraman. O‘zbekiston bizning yurtimiz. Yurtimizning o‘z bayrog‘i, gerbi, madhiyasi bor. Mana yurtimiznng bayrog‘i. Bayroq muqaddas hisoblanadi, uni doim e’zozlab asraylik, bayroqni behurmat qilmaylik. Bayroq odatda gazmol narsadan iborat bo‘lib, bo‘yi enidan uzunroq va enini bir tarafi bir dastaga biriktiriladi. Bayroqlar bir-biridan rangi, naqshidan farq qiladi. Men sizga yurtimiz bayrog‘i haqida so‘zlab beraman.
1. Moviy rang — yurtimiz osmonining bir parchasi. Olamda doimo tinchlik bo‘lsin deganidir.
2. Oq rang - tinchlik, poklik degani. Elga oq yo‘l.
3. Qizil chiziqlar — tomirlarda oqayotgan qon, hammani Vatanning bayrog‘i ostida yashashga, mehnat qilishga, qurashishga chaqiradi.
4. Yashil rang —tabiatning yangilanish ramzidir, yosharish, yashnatish, ertangi kunga ishonch degani.
5. Navqiron yarim oy — ayni paytda qo‘lga kiritilgan mustaqilligimizdir. Yangi chiqqan oymomo niyatlari: odamlarga yaxshilik tilaydi. Tinch tunlarni tinch kunlarga ulaydi. 12 yulduz madaniyatimiz qadimiyligini, xalqimizning tuprog‘ida saodatiga intilishi ramzidir. Yurtimiz bayrog‘i haqida quyidagi she’rni M.Asqarxo‘jaeva yozganlar. Diqqat bilan eshiting.