Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə27/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bayroqcha
Bayroqchaga qarang — yashil, oq va havo rang
Mustaqillikni yoqlab turibdi u hilpirab.
Yulduzlar va yangi oy bayroqqa berib chiroy
Osmon uzra yaltirar uzoqlardan ko‘rinar.
Mana bu O‘zbekiston gerbi. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida 8 qirrali yulduz ichida joylashgan, yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir. Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoiylik ramzi bo‘lgan Xumo qushi tasvirlangan. Ushbu ramz va timsollar xalqimizga tinchlik, yaxshilik, baxt saodat tilaydi. Farovonlik yo‘lidagi orzu umidlarini ifodalaydi. Gerbda ifodalangan gullagan vodiy, quyosh, bug‘doy boshoqlari, ochilgan paxta chanoqlari yurtimizning boyliklari ramzidir.
Boshoqlar non-nasiba, qut-baraka ramzidir.
Paxta — Vatanimiz milliy boyligi
Quyosh — quyoshli yurt degani
Tamg‘a
I.Yo‘ldosheva she’ri
Tamg‘amizga bir qarang, tovlanadi rang-barang
Unga beradi chiroy, tepasidagi hilol oy
Bir tomoni paxtazor, quyosh nurin sochadi.
Amudaryo, Sirdaryo, chanqog‘ingaz bosadi
O‘rtasida Xumo qush, bizga omad tilaydi.
O‘zbekiston nomini jahon uchra taraydi.

Bolalar, gerbimizdagi Xumo qushi haqida rivoyatni eshitganmisiz? Hozir men sizga bu rivoyatni aytib beraman.


Qadim zamonda bir yurt bo‘lgan va uning zo‘ravon podshosi bo‘lgan ekan. Boshqa yurtlarni bosib olib, boyligini talabdi, odamlarini zindon band etibdi, olimlarni gumdon qilibdi. Oxiri o‘zining ham paymonasi to‘libdi. O‘shanda odamlar “Endi kimni podsho qilamiz”,- deb turishganda yurt osmonida Xumo qushi paydo bo‘libdi. Donolar kengashib: “Shu qush kimning boshiga qo‘nsa, o‘sha podsho bo‘ladi”, -deyishibdi. Odamlaru, odamlar eshitmadim demenglar, eshitganlar turinglar, maydon sari yuringlar. Osmondagi baxt qushi kimning boshiga qo‘nsa, o‘sha podsho bo‘ladi. Buni eshitganlar shoshib qolishibdi. Qanchadan-qancha puldoru amaldorlar o‘zlarini taxt uchun shaylabdi. Baxt qushini poylabdi. Ammo xumo qushi eng kambag‘al, eng saxiy va adolatli, to‘g‘ri so‘z va dono kishining boshiga qo‘nibdi. Mamlakatda adolat hukmron bo‘libdi.
Rivoyat sizga yoqdimi? Tarbiyachi rivoyat bo‘yicha savol-javob o‘tkazadi, so‘ngra bolalarni ushbu mavzu bo‘yicha rasm chizishga taklif etadi.
(Bolalar bayroq rasmini yoki gerbdagi ifodalardan birini chizishlari mumkin. Masalan boshoq, quyosh oymomo va yulduz).
Bolalarning ishlarini tahlil qilib suhbatlarni yakunlash mumkin.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin