Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə23/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Oilangizda kimlar bilan yashaysiz?
Sizning qanday burchlaringiz bor?
Sizning qanday hukuqlaringiz bor?
Oilangizdagilarga qanday yordam berasiz?
Suhbat davomida va yakunida bolalarni shirin so‘zlar bilan rag‘batlantirish.


Mavzu. «Yo‘l qoidalarini o‘rganamiz»
Suhbat maqsadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar” mazmunidagi 47-moddasi asosida suhbat o‘tkazish. Suhbat orqali bolalarga ko‘cha qoidalariga rioya qilish haqidagi bilimlarni mustaxkamlash. svetoforning ranglari va ularning vazifalari, davlat avtomobil nazorati xodimi-militsioner vazifasi haqidagi bilimlarni aniqlash.
Kutilayotgan natija:
Bolalar yo‘l qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Svetoforning ranglari va ularning vazifalari, davlat avtomobil nazorati xodimi-militsioner vazifasi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Kerakli jixozlar:
Ko‘cha, yo‘l, transport qatnaydigan yo‘l, piyodalar yurishi uchun ajratilgan o‘tish joylari tasvirlangan suratlar. Svetofor maketi.
Suhbatning borishi:
Tarbiyachi: Bugun bolajonlar, "Bizning ko‘cha" mavzusida suhbatlashamiz. Men sizga "Bizning ko‘cha" mavzusida suratni keltirdim.
Diqqat bilan qarang. Bu ko‘cha. Ko‘cha –bu ikki chetida turli binolar qurilgan, odamlar, mashinalar harakat qilishi uchun mo‘ljallangan joy. Bunday ko‘chalar juda ko‘p. Ularning har qaysisiga adashtirib yubormaslik uchun nom berilgan. Ko‘chaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo‘l deyiladi.
Yo‘lning qatnov qismidan mashinalar yurmoqda. Piyodalar uchun ajratilgan yo‘lkalardan odamlar o‘tmoqda. Ko‘chada yurishning o‘z qoidalari bor. Siz bu qoidalarni juda yaxshi bilishingiz kerak. Yo‘lda ketayotganda ziyrak bo‘lib, shoshmasdan yurish kerak. Ko‘chada yurganda faqat yo‘lakdan yoki yo‘lning chetidan yurish kerak. Yo‘lning transport harakatlanadigan qismidan zinhor yurish kerak emas. Yo‘lning piyodalar uchun mo‘ljallangan joydan o‘tish kerak.
Svetoforning qizil chirog‘i piyodaga “To‘xta” deydi. Svetoforning sariq chirog‘i piyodaga “Hozir ko‘chadan o‘tishga ruxsat beriladi” deydi. Svetoforning yashil chirog‘i piyodaga “Yo‘l ochiq” deydi.
Bolalar, sizga svetofor haqida she’r aytib beraymi? Eshiting.
To‘rt tomonda bor ko‘zi,
Tez o‘chib, yonib turar.
Gapirmasa ham o‘zi,
“To‘xta!”, “Yur!” deb buyurar.
(svetofor)



Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin