Ertalabki suhbatlar


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə20/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Nodirning buvisi Mahmudni nima uchun duo qildi? Maxmud qanday bola ekan?
Men sizga qanday ertakni o‘qib berdim?
Sizga qaysi dehqon yoqdi? Nima uchun?
Bugun qanday hikmatli so‘z o‘rgandik?
Suhbat orqali belalarda birovning narsasini olish gunoh, boshqalarga yordam berish, birovlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, yaxshilikni ko‘pchilik uchun kilish kerakli kabi hissiyotlar uyg‘onadi.


Mavzu: "Ertaga bayram"
Suhbat maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayram sifatida nishonlanishi haqida tushuncha berish. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga hurmat tuyg‘usini uyg‘otish, Konstitutsiya Qonunlar majmuasi ekanligi haqida tushuncha berish.
Kutilayotgan natija:Bolalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayram sifatida nishonlanishi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Suhbatning borishi: Bolalar, ertaga bayram, dam olish kuni. Bu bayram O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan bo‘lyapti. O‘zbekiston-bizning yurtimiz. O‘zbekiston o‘z ramzlari-bayrog‘i, gerbi, madhiyasi va yana Konstitutsiyasiga ega. Siz O‘zbekiston madhiyasini bilasiz-a? Juda yaxshi! Har bir bola o‘z Vatanining madhiyasini bilishi kerak, chunki u Vatanimiz ramzidir. Madhiya katta yig‘ilishlarda, uchrashuvlarda tantana bilan yangraydi! (Tarbiyachi shu tariqa bayroq, gerb haqida so‘zlab beradi). Qo‘limdagi mana bu kitob O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Siz bu kitobni bundan buyon bilishingiz, uni hurmat qilishingiz kerak. Bu bilan siz Vatanimizni qanchalik sevishingizni bildirasiz. Chunki Konstitutsiya ham Vatanimiz ramzi hisoblanadi. Bu kitobda sizni sog‘lom, bakuvvat o‘sishingiz, yaxshi tarbiya olishingiz haqida g‘amho‘rlik qilish to‘g‘risida ham yozilgan. Mana masalan, muassasamizda sizning sog‘lig‘ingizni tekshirib turish uchun shifokor xonasi tashkil qilingan, sog‘lom va baquvvat o‘sishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu kitobda nafaqat bolalarga g‘amxo‘rlik, kattalarga ham g‘amxo‘rliklar yozilgan.
Demak, Konstitutsiyamiz biz uchun aziz va qadrlidir. Bu kitob bizni yaxshi yashashga, Vatan uchun xizmat qilishga undaydi. Kelinglar, hozir biz Vatan haqidagi she’rlarimizni, Vatanimiz, Vatanimiz ramzlari haqidagi she’rlarimizni takrorlaymiz.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin