Ertalabki suhbatlar


-mavzu. “ Bola va o‘smir, shuningdek begona bolalar”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə32/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

4-mavzu. “ Bola va o‘smir, shuningdek begona bolalar”
Bolaga o‘zidan katta o‘smir bolalar va begona bolalar bilan qanday munosabatda bo‘lish lozimligiga o‘rgatish. Turli xavfli vaziyatlarga tortmoqchi bo‘lgan odamlarga “yo‘q” deyishni o‘rgatish maqsadida turli sahnalashtirilgan lavhalar va treninglardan foydalanish.
-mavzu. “Agar begona kishi uyga kelsa”
Bola uyda yolg‘iz bo‘lganida begona kishi eshikni taqillatsa, bola o‘zini qanday tutishi to‘g‘risida tushuncha berish. “Agar begona kishi uyga kelsa” mavzusida turli muammoli vaziyatlarni bolalar bilan hal qilish. Bolalar bilan “Men va notanish kishilar” mavzusida turli treninglar o‘tkazish.


II bo‘lim “ Bola va tabiat”
1- mavzu. “Tabiatda hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq”.
Bolalarga tabiatdagi barcha hodisalar bir-biri bilan bog‘liqligi haqida tushuncha berish. Inson tabiatning bir bo‘lagi ekanligi haqidagi bilimlarini takomillashtirish. Tabiatdagi barcha jismlar va tirik mavjudotlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish sog‘lom turmush tarzi garovi ekanligini tushuntirish.

2- mavzu. “Tashqi muhitning ifloslanishi”


Bolalarni tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlar, shuningdek, inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatlari, ya’ni tashqi muhitni ifloslantirish mumkin emasligi haqidagi bilimlarini kengaytirish. Bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalash.

3- mavzu. “Ekologiyaning zararlanishi”
Ekologiyaning zararlanishi inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirishini tushuntirish. Bolalarda tabiat qonunlariga to‘la rioya etish va bu sohada burch tuyg‘usi va mas’uliyat hissini hosil qilish. Bolalarga ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada ilk malaka hosil qilish.


4-mavzu.“Tirik tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish”
Bolalarni tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish. Bolalarga hayvonlar bilan bo‘lgan munosabat xatarli ekanligini tushuntirish.

5- mavzu. “Zaharli o‘simliklar”


Bolalarga yo‘l chetlarida, dalalarda, uy atroflarida o‘sadigan o‘simliklar zaharli bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tushuncha berish. Bu o‘simliklarning 1-2 vakili bilan tanishtirish. Bolalarda hamma narsani bilib-bilmay iste’mol qilish mumkin emasligi, zararli odatlardan saqlanish lozimligi to‘g‘risidagi tasavvurini kengaytirish.

6- mavzu.“Hayvonlar bilan muloqot”


Bolalarga hayvonlar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish to‘g‘risida tushuncha berish. (Masalan, ko‘chada qarovsiz qolgan kuchuk va mushuklarni boqish mumkin emasligi, shuningdek, ularga qo‘l bilan tegish, qo‘lga olish mumkin emasligini aytish .Ular bilan o‘ynaganda ehtiyot bo‘lish kerakligini tushuntirish) Ayniqsa, qishloq sharoitida juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligi to‘g‘risida tushuncha berish. Bu hayvonlarning jahlini chiqarmaslik, ularni qiynash mumkin emasligi to‘g‘risida tushuncha berish.

7- mavzu. “Atrof- muhitni qaytadan tiklash”


Bolalarga ekologik xavfsizlik choralari bu atrof - muhitni qayta tiklash ishlari ekanligi to‘g‘risida tushuntirish.
Hayvonlar va o‘simliklarni parvarish qilish, daraxt va gullar o‘tkazish, atrofdagi axlatlarni olish, ko‘chalarni iflostirmaslik ekologiyani zaharlanishdan saqlash va atrof muhitni qayta tiklashga qo‘shilgan hissa ekanligini bolalar ongiga singdirish.



Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin