Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o


Forum uchun tavsiya qilinadigan mavzular



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə13/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Forum uchun tavsiya qilinadigan mavzular: 1.Uslubshunoslikning o’rganilish muammolari. 2.Lisoniy va nolisoniy belgilarini aniqlash muammolari. 3.Abzats matnning eng kichik birligi bo’la oladimi? 4. Matn komponentlarini bog’lovchi vositalar qaysi jihatlariga ko’ra tasnif qilinadi? 5.Hoslangan uslublar o’rtasidagi munosabatlarni qanday aniqlash mumkin? kabilar.
INFERENS METODI

«Inferens» ingliz tilida «xulosa» degan ma’noni bildiradi. Ushbu metodni har qanday mavzuga qo’llash mumkin. O’qituvchi mavzuni tushuntirib bo’lgach, talabalarga bo’sh kartochka tarqatadi. Talaba mavzu bo’yicha o’zi tushungan narsani bo’sh kartochkaga yozadi. Kartochkaga hech qanday ism-sharif yozilmaydi. O’qituvchi uchun bu fikrni kim yozganligi emas, mavzuni talabaning qanday tushungani va uni qanday xulosalay olgani muhim hisoblanadi. Keyingi darsning takrorlash qismida o’qituvchi talabalarning o’tgan dars yuzasidan bildirgan xulosalariga munosabat bildirib boradi.




AMALIY MAShG’ULOTLARDA QO’LLANILIShI MUMKIN BO’LGAN METODLAR:


ILMIY MUNOZARA METODI

O’tiladigan dars yuzasidan ma’lum bir muammoni o’qituvchi talabalar e’tiboriga havola qiladi. Va bu masala yuzasidan shu kungacha aytilgan fikrlar mutlaq to’g’ri xulosalar emasligini, biryoqlama ekanligini, masala haligacha to’liq ochilmaganligini aytib o’tadi. Muzokara uchun vaqt va muzokarada ishtirok etuvchilar uchun reglament belgilanadi. Fikrlar xilma-xilligiga e’tibor beriladi. Bunda tanlangan masalaga turli tomondan yondashish mumkinligiga alohida e’tibor berish zarur.


Badiiy matnning lisoniy tahlili fanida ilmiy munozara asar tili bo’yicha jurnal va ilmiy to’plamlarda berilgan maqolalar bo’yicha o’tkaziladi. Bu metod talabalarning ilmiy mushohada malakasini oshirishga xizmat qiladi.


WORKSHOP METODI
Bu metod bugungi kunda dunyoning ko’plab davlatlarida keng qo’llanib kelinayotgan metodlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, Rossiya, Amerika, Xitoy, Turkiya va Isroil davlat universitetlarida sinalgan va yuqori baholangan metod hisoblanadi.
Bu metodda ham talabaning erkinligi, har qanday quyma-qotma fikrlardan holi bo’lishi, shaxsiy fikrini tortinmay aytishi inobatga olinadi.
Workshop metodini qo’llashda oldin ishchi guruh tashkil qilinadi. Ishchi guruh 4 yoki 5 talabadan iborat bo’ladi. Ular darsda o’tilgan mavzu bo’yicha talabalarning o’zlashtirishini kuzatadilar va ularning munosabatini o’rganadilar. Ishchi guruh o’ziga biriktirilgan talabalar fikrini umumlashtiradi va muhokamaga olib chiqadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin