Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə12/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum metodi talabalarning o’rtaga tashlangan masalaga faol munosabat bildirishlarini ta’minlashga imkon yaratadigan, foydalanishga qulay metodlardan biridir.
Bu metod qo’llanilayotgan paytda talabalar o’zlarini erkin his qiladilar va shaxsiy fazilatlarini namoyon qiladilar. Bunda avval munozara uchun tanlangan mavzu umumiy tarzda qisqacha izohlanadi va talabalar hukmiga tashlanadi. Talabalar kichik guruhlarga ajratilib masala yuzasidan o’z munosabatlarini o’rtaga qo’yadilar. Kichik guruhlar tomonidan ma’qul ko’rilgan fikrlar doskaga belgilab boriladi. Turli qarashlardan iborat umumiy fikrlar platformasi hosil qilinadi. Har bir kichik guruhning xulosasiga alohida rag’bat ko’rsatiladi.
Aqliy hujum metodini qo’llash bo’yicha savollar:
1. Nutqiy san’atlar ko’proq qaysi uslublarda qo’llanadi? Javob variantlari: 1.Badiiy uslubda. Izoh. 2. Yo’q, so’zlashuv uslubida. Izoh.
2. Sintaktik san’atlarning matn uyushtirishdagi rolini misollar yordamida tushintiring Javob variantlari: 1. Javob. Izoh. 2. Javob: Izoh.
3.Lingvistik tahlil bilan lisoniy tahlil tushunchalari o’rtasida farq bormi? Javob variantlari: 1.Bor, birinchisi til faktlariga sof lingvistik hodisa sifatida yondoshadi, ikkinchisi til faktlariga nutqiy jarayonda qo’llanishiga ko’ra yondoshadi. 2. Yo’q, har ikkisi ham bir so’zning ikki tildagi ko’rinishi. Birinchisi Evropa tillaridan o’zlashgan, ikkinchisi arab tilidan o’zlashgan.
FORUM METODI

Bu metodni ham kichik guruhlar tarzida amalga oshirish maqsadaga muvofiq. Forum uchun avvaldan fanning eng munozarali masalalari bo’yicha kichik ma’ruza (5 daqiqa) tayyorlanadi va o’qib eshittiriladi. Ma’ruzada xulosa berilmaydi, echim ko’rsatilmaydi. Kichik guruhlar o’z doiralarida masalani muhokama qilishadi va munozara natijalari butun guruhga o’qib eshittiriladi. «Eng dolzarb masala», «eng faol kichik guruh», «eng faol ishtirokchi», «eng original munosabat», «eng yangi fikr», «eng ravon so’zlovchi», «eng ta’sirchan nutq» kabi nominatsiyalar bo’yicha baholab boriladi. Baholash talabalar bilan birgalikda o’tkaziladi.





Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin