Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə20/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Uslubiyat fanining maqsad va vazifalari nima ekanligini aytib beradi.

  • Uslubiyatning ob’ektini izohlab beradi.

  • Uslubiyat fani haqida umumiy xulosa chiqaradi.

  • Tilshunoslikda uslubiyatning tutgan o’rni va roliga baho beradi.

1-asosiy savolning bayoni:
Uslubiyat - tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib,nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga,sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
Uslubshunoslik-stilistika terminining tarjimasi. Stilistika - grekcha «stylos» so’zidan olingan bo’lib, suyakdan qilingan uchli tayoqcha degan ma’noni bildiradi. Qadimgi greklar mum surtilgan taxtachaga shunday uchli tayoqcha bilan yozar edilar. Bu tayoqchaning tepa tomoni kurakchaga o’xshar edi. Xato yozilgan so’zni tayoqchaning kurakchaga o’xshagan tomoni bilan taxtachadagi mumni tekislash yo’li bilan o’chirar edilar va uchli tomoni bilan to’g’rilab yozardilar.
Stil so’zidan stilbet – ingichka hanjar va stilo – avtoruchka so’zlari kelib chiqqan.
Qadimdanoq stil so’zi «bo’g’in, nutq uslubi» ma’nosida qo’llana boshlangan. Goratsiyning «Agar sen o’qish uchun loyiq narsa yozmoqchi bo’lsang, uslubingni tez - tez almashtirib tur. Dunyoqarashi tor odamlarni qoyil qoldira olmasang, kuyinib o’tirma, ozgina bo’lsa ham tushungan odamlar bilan qoniq» deb yozib qoldirgan jumlalari ichidan «uslubingni tez-tez almashtirib tur» degan ifodasi keyinchalik greklarda maqolga aylanib ketgan.
Demak, odamlarning ko’ngliga urmaydigan, foydali ma’lumot beradigan biror narsa yozish uchun uslubni tez-tez almashtirib turish lozim ekan. Uslub so’zining izohli lug’atlarda bir necha ma’nolari berilgan. 1935-1940 yillarda D.N.Ushakov tahririda nashr etilgan «Tolkovo’y slovar russkogo yazo’ka» kitobida Uslub so’zining 4 xil ma’nosi berilgan. Bu ma’nolar 1981 yilda chop etilgan «O’zbek tilining izohli lug’ati»da ham tarjima qilinib, izohlangan. Ular quyidagilar:
Uslub 1 – biror san’at asarining, biror ijodkor, davr, millatning o’ziga xos belgilari yig’indisi. Masalan: Arxitekturadagi sharqona Uslub (naqshinkorlik, gumbazli binolar).
Ko’rinadiki, Uslub so’zining 1 – ma’nosi juda keng tushunchani ifodalaydi, ya’ni badiiy ifodalar yig’indisi yoki badiiy ifodalarning umumiy tizimi. Bunda adabiyot nazarda tutilmaydi.
Uslub 2 – biror adabiy asar, adabiy yo’nalish, adabiy janr yoki biror muallifga xos bo’lgan g’oya va til vositalarining tizimi.
Masalan: A. Qahhor uslubi, Oybek uslubi. Poetik Uslub, romantik Uslub va h.k.
Bunda fikr ifodalash ctillari ham tushuniladi. Masalan: ko’tarinki uslub, lo’nda uslub va boshqalar. G’.G’ulomning «Sen etim emassan» she’ri ko’tarinki uslubda yozilgan. A.Qahhorning uslubi fosh qiluvchilik xususiyatiga ega. Uning asarlarida zaharxanda iboralar, maqol va matallar ko’plab uchraydi. Masalan: «Sinchalak» qissasida Arslonbek Qalandarov shunday deydi: «Sinchalak degan oyog’i ipday ingichka qush bor. U kechasi oyog’ini osmonga ko’tarib yotadi, osmon tushib ketsa, ko’tarib qolaman, deb. Saida esa unga javoban deydi: “Xo’roz ham «men qichqirmasam, tong otmaydi, der ekan.” «Mayiz emagan xotin» hikoyasida fosh qiluvchi bunga o’xshagan jumlalar juda ko’p.. Yozuvchi Oybekka esa keng ko’lamlilik xos masalan Oybekning “Navoiy” romanidan parcha:
Shoir “Xiyobon ko’chasini o’tib,”Bog’ zag’on”ning katta darvozasiga etishi bilan bu erda tartib kuzatib turgan navkarlar muhrdorga salom berib, darrov otning jilovidan ushladilar. Shoir ularning yordamisiz otdan tushdi-da,”Bog’ zag’on”ga kirdi. Bu –turli qasrlar, ko’shklar va boshqa go’zal binolar va ajoyib xiyobonlarga boy g’oyat katta bog’ edi. Darxtlar oralab ketgan keng, toza va quyosh nurlari bilan ola chalpoq yo’ldan borib, bir necha tanob joyni ishg’ol etgan katta gulzorlarga chiqdi.Bu erga go’yo butun dunyoning gullari to’plangan edi. Turli-tuman rang va ziyo bilan quyoshda yashnagan bu chaman ko’zlarni qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. Har kungidek, to’xtab, zavq bilan tomosha qildi. Keyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga –devorlari, ustunlari, eshiklari naqqoshlar qo’li bilan yasalgan naqsh gulzorini tovlantirgan tomon yurdi. Oltin qubbachalar, o’ymakor gullar bilan bezangan eshikni ochib, kichikroq, lekin serxasham bir xonaga kirdi. Bu erda uni do’sti Xo’ja Afzal qarshi oldi.Bu –past bo’yli, tiyrak ko’zli, xush muomala, qariyb o’zi bilan tengdosh kishi edi.
Uslub 3 – ko’chma ma’noni ifodalaydi. Bunda xulq, axloqqa xos bo’lgan xususiyatlar yig’indisi, faoliyat metodi, biror ishni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlari kabilar tushuniladi..
Uslub 4 – bu ma’no adabiyotga ham, tilga ham xos emas. Bu davrga, yil hisobiga nisbatan ishlatiladi. Masalan: melodiy yil hisobi, hijriy yil hisobi.
Uslub so’zining ma’nolari bilan tanishishdan ma’lum bo’ldiki, 2 – ma’no bilan bog’liq holda uslubiyat fani vujudga kelgan.
Uslubiyat fanini o’rganish ob’ekti haqida turli qarashlar mavjud. Akademik V.V.Vinogradov uslubiyat bahsida bir – biri bilan aloqador, lekin vazifalari jihatdan farqlanadigan 3 ta tekshirish aspektini ko’rsatish zarurligini aytadi. Ular quyidagilar:

  1. Tilning funktsional uslublarini o’rganuvchi uslubiyat. Bu struktural uslubiyat deb ham yuritiladi. Struktural uslubiyatning vazifasi uning struktural elementlari bo’lgan rasmiy, ilmiy, publitsistik, badiiy uslublarning o’ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalarini o’rgatishdir.

  2. Turli janrlarning (semantik, ekspressiv – stilistik) ma’no va tez ta’sir qilish tomonlarini hamda og’zaki va yozma nutq orasidagi farqni tekshiruvchi nutq Uslubiyati. Uning vazifasi tilning barcha uslublar tizimi bilan birga yozma va og’zaki shakllari, adabiy va so’zlashuv nutqi ko’rinishlarini tekshiradi. U til birliklaridan qaysi biri yozma va og’zaki nutqda ko’proq ishlatilishi, fikr ifodalashda til vositalarining to’g’ri tanlangan yoki noto’g’ri olinganligi, shu vositalarni o’rnida ishlatish yo’llarini o’rganadi.

  3. Adabiy yo’nalishlar, badiiy asar hamda yozuvchi uslubini tadqiq etadigan badiiy adabiyot uslubiyati. Uning vazifasi badiiy asarlarni yaratishda yozuvchining ifoda vositalaridan foydalanish mahorati haqida bahs yuritishdir. Uslubiyat fani akademik V.Vinogradov ko’rsatgan aspektlardan birinchi va ikkinchisi asosida shakllangan. Uchinchisi adabiyotshunoslikning ob’ektidir. Aslini olganda, badiiy adabiyot Uslubiyatsi uning bir ko’rinishidir. Bu tushunchaning alohida tur sifatida ko’rsatilishiga sabab shundan iboratki, u boshqa nutq uslublaridan anchagina farqli jihatlarga ega. Badiiy adabiyot uslubi keng qamrovliligi, ya’ni barcha uslublarni ham o’zida ifodalashi bilan ajralib turadi.

Demak, Uslubiyat ikki xil ko’rinishga ega:
1. Nutq uslubiyati. Bu tilning vazifadosh shakllari deb ham yuritiladi. Bunga so’zlashuv uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik va badiiy uslub kiradi.
2. Lingvistik, ya’ni til uslubiyati. Uning turlari:
a) fonetik uslubiyat.
b) leksik uslubiyat.
v) grammatik uslubiyat.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin