Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə25/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Fonetika va uslubiyat: Fonetika nutq organlarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati- artikulyatsiyani, tovush o’zgarishi qonuniyatlarini, uning intonatsiyasi kabi masalalarni tekshiradi. Fonetik uslub esa tovushlarning bir-biriga bog’lanishinng ekspressiv uslub imkoniyatlarini, xullas nutq tovushlarining tilning ta’sirchan vositasi bo’lib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini o’rganadi.
Fonetik uslub nutqning ta’sirchanligini oshirish vositasi sifatida nutq tovushlarining uslub imkoniyatlaridan foydalanish usullari bilan qiziqadi. Nutq tovush va ohangdan foydalanish, ta’sirchanglikni kuchaytirish turlari xilma-xildir.
Leksikologiya va uslub: leksikologiya tilning lug’at sostavini, uning tarixiy qatlamlari, boyib borishi va taraqqiyot yo’llarini, so’zning, uning ma’nosini, qo’llanishi va shu kabi masalalarni o’rganadi. Leksik uslub ham lug’at sostavini o’rganadi, lekin uni so’z ishlatish, so’zdan foydalanish qonuniyatlari tomonidan tekshiriladi. Leksik uslub so’z yoki so’z birikmalarining ekspressiv tomonini o’rganadi. Demak, bir xil til xodisasi leksikologiya va uslub tahlilda turlicha yoritiladi. Bu narsa leksikologiya bilan uslubning leksik xodisalarga yondashishdagi pirintsipial farqini ko’rsatadi.
Leksikologiya so’z ma’nosi ko’chishining turli tiplarini ham tekshiradi. Lekin leksikologiya bu xodisalarni til sistemasida mustahkamlanib, qat’iylashib qolganligi jihatidan tekshiradi.
Grammatika va uslub: grammatikaning gapda so’zlarning o’zgarishi va birikishi, so’z shakllari va gap qurilishi kabi xodisalar haqida umumiy qoidalarni belgilab berishi nazarda tutilsa, uning uslub bilan ham aloqador ekani aniq tasavvur qilinadi; uslub birinchi galda fikrni ravshan va aniq qilib bera olish uchun grammatika belgilab bergan umumiy qoidalardan qaysi birini qanday holatda qo’llash maqsadga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Gapda fikrni tushunarli ifodalash uchun faqat grammatika qoidalariga rioya qilishning o’zigina kifoya qilmaydi, gapni uslubiy ham to’g’ri tuza olish kerak.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin