Gumanistik psixologiya



Yüklə 9,31 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü9,31 Kb.
#195167
1   2   3
3-mavzu

Gumanistik psixologiya
Bixeviorizm
Bixeviorizm (inglizcha: behaviour — „xulq“) — 19-asrning oxiri — 20 asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. Bixeviorizm taʼlimoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xatti harakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. Bixeviorizm introspektiv psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperimental tadqiq qilish taʼsiri ostida yuzaga kelgan. 
Psixoanaliz
Psixoanaliz {psixo... va analiz) — psixoterapiya metodi va Zigmund Freyd tomonidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jinsiy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish psixoanalizda har xil nevrozlar va turli patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va hokazolar)ning asosiy manbai sifatida qaraladi.
Geshtalt
Geshtaltpsixologiya (nem. Gestalt — shakl, obraz, qiyofa, tashqi koʻrinish va psixologiya) — psixologiyadagi oqimlardan biri. 20-asrning 20— 30-yillarida Germaniyada yuzaga kelgan. G. fon Erenfelsning yaxlitlik idrokning asosiy sifati deb hisoblaydigan taʼlimotiga asoslanadi. Assotsiativ psixologiyaga (qarang Assotsiatsiya) zid ravishda G. psixikaning birlamchi va asosiy elementi sifatida sezgilarni emas, balki yaxlit obrazlar — geshtaltlarni tan oladi. G. tarafdorlari (M. Vertxeymer, V. Kyoler, K. Koffka, K. Levin va b.) psixika mohiyatini idrokning oʻziga xosligi, yaxlitlik bilan izoxlaydilar. G. namoyandalari asarlarida idrokning shakllanishida tajribaning oʻrni oʻrganilmagan va bunga eʼtibor ham berilmagan.
Yüklə 9,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin