1. Tabiiy resurslarning davlatlar o‘rtasida notekis taqsimlanganligi. Masalan, bir
davlatda neft konlari bor, ikkinchisida esa yo‘q. Ikkinchi davlatda temir konlari
ko‘p, birinchisida esa yo‘q. Tabiiy resurslarning bunday notekis taqsimlanishi bu
davlatlarni bir-biri bilan savdo-sotiq qilishga undab turadi.
Aytaylik, 1- mamlakatda bir litr meva sharbati ishlab chiqarish 2000 shartli pul
birligiga, 2- mamlakatda esa 2000 shartli pul birligiga tushadi. 1- mamlakatda
bitta fotoapparat ishlab chiqarish 16000 shartli pul birligiga, 2-mamlakatda esa
20000 shartli pul birligiga tushadi (1- jadval).
1. 1- mamlakat va 2- mamlakatda bitta fotoapparat va 1 litr meva sharbati ishlab
chiqarishning muqobil qiymatini aniqlang va 2- va 3- jadvallarni to‘ldiring.
2. Muqobil qiymatlar haqidagi bu jadvallar asosida har bir davlat qaysi mahsulot
turini ishlab chiqarishi maqsadga muvofiqligini aniqlang.
3. Bunday ixtisoslashuvdan har qaysi davlat qanday manfaat ko‘radi?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 26- MAVZU XALQARO SAVDO 2. Ishlab chiqarishning biror sohasidagi mutlaq ustunlik. Masalan, Rossiyada
o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, yog‘ochsozlik sanoati taraqqiy etgan. O‘zbekistonning tabiiy
iqlim sharoiti paxta yetishtirishga juda qulay bo‘lib, respublikamizda paxtachilik juda
rivojlangan. Paxtani Rossiyaning iqlimi issiqroq bo‘lgan janubiy hududlaridagina
yetishtirish mumkin. Lekin hosildorlik juda kam bo‘ladi. O‘zbekistonda esa yangi
o‘rmonlarni tashkil qilish juda qimmatga tushadi. Demak, O‘zbekiston paxta
yetishtirishda, Rossiya yog‘ochsozlikda mutlaq ustunlikka ega. Shuning uchun
Rossiya iqtisodiyoti yog‘ochsozlikka, O‘zbekiston iqtisodiyoti esa paxtachilikka
ixtisoslashadi. Ya’ni har bir davlat nisbatan arzonga tushadigan mahsulot turini
ishlab chiqaradi va bir-biri bilan ularni ayirboshlaydi. Bunday ixtisoslashuvdan har
ikkala davlat ham manfaat ko‘radi va shu bois, o‘zaro savdo-sotiq qiladi. Mutlaq
ustunlik tamoyili asosida davlatlarning ixtisoslashuvi yer yuzidagi bor resurslardan
tejamli va samarali foydalanishga olib keladi. Demak, davlatlar o‘zaro savdo-
sotiqda mutlaq ustunlik tamoyiliga rioya qilishi lozim ekan. Unga ko‘ra, har bir
davlat qaysi tovarni boshqa davlatlarga qaraganda kamroq resurslar sarflab ishlab
chiqara olsa, o‘sha tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi lozim.