Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASINING



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASINING 
IQTISODIY MUNOSABATLARI
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni muvaffaqiyatli xalqaro iqtisodiy munosabatlarga namuna qilib 
ko‘rsatsa bo‘ladi. Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng yirik xalqaro savdo 
hamkorlaridan biridir.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi yil sayin ortib bormoqda.
2013- yil natijasi bo‘yicha o‘zaro savdo aylanmasi 2,121 mlrd AQSH dollarini 
tashkil qildi. Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishi bo‘lib 
yangi va modernizatsiya qilinayotgan korxonalarga zamonaviy texnologiyalarni 
jalb qilish hisoblanadi.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida 
200 dan ortiq kelishuvlar imzolangan.
Koreya Respublikasi O‘zbekistonning eng yirik investorlaridan biridir. So‘nggi 
yillarda Davlat investitsion dasturi doirasida 1,5 mlrd AQSH dollariga teng 
investitsiyalar o‘zlashtirildi.
O‘zbekistonda 418 ta Janubiy Koreya kapitali ishtirokidagi korxona faol ish 
olib bormoqda. Shundan 70 tasi yuz foizlik Janubiy Koreya kapitaliga asoslangan 
korxonalardir. Bu korxonalar, asosan, yengil, tog‘-kon, metallurgiya, kimyo, oziq-
ovqat sanoati, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, savdo-sotiq, uy-joy kommunal 
xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi strategik hamkorlardir va 
har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat 
beradilar. Ushbu maqsadda mamlakatlar istiqbolda avtomobilsozlik, qishloq 
xo‘jaligi mashinasozligi, elektrotexnika sanoati sohalarida hamkorlikni kuchaytirish 
harakatidalar.
1. Mamlakatlar tashqi savdoni nima sababdan cheklashga majbur bo‘ladilar?
2. Tashqi savdoni qanday usullar bilan cheklash mumkin?
3. Tashqi savdoni cheklashga qaratilgan har bir chora-tadbirning ijobiy va salbiy 
tomonlarini tahlil qiling.
4. Tashqi savdoni cheklashdan kim zarar va kim foyda ko‘radi?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin