137
137
136
sakkiz kishidan biri och-nahor kun kechirmoqda. Insoniyat insofga kelib, harbiy
xarajatlarni tinchlik maqsadlarida ishlatsa, bundan hamma manfaatdor bo‘lishi
mumkin. Afsuski, muammoning yechimi bunchalik sodda emas.
Bu masalada
harbiy xarajatlarga juda kam mablag‘ sarflab, iqtisodiy rivojlanishda oldingi
o‘rinlarga chiqib olgan Yaponiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar yo‘lidan
borish yagona yechim hisoblanadi.
ATROF-MUHITNING IFLOSLANISHI
Olimlarning fikricha, insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijasida atrof-muhitning
haddan tashqari ifloslanib borishi har qanday urushdan ham battarroq oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Havo va suv havzalarining ifloslanishi, tuproq tarkibining
o‘zgarishi natijasida katta yer maydonlarining foydalanishga yaroqsizlanib borishi,
oxir-oqibat insonning tirikligini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Tabiat, uning
faqat 1 foiz qismiga inson tomonidan ziyon yetkazilgandagina o‘zini-o‘zi davolab,
tiklay olishi mumkin. Lekin hozirdanoq inson tabiatga 10 baravar ko‘p ozor
bermoqda. Buning natijasida, Yer yuzida asliga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar
sodir bo‘lmoqda. Insoniyat salomatligi borgan sari yomonlashib bormoqda. Atrof-
muhitni himoya qilish maqsadida davlatlar tomonidan qator kelishuvlar imzolangan.
Tabiatni himoya qilish bo‘yicha xalqaro jamg‘armalar ish olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: