Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Eksport

mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet 
mamlakatlarga sotish.
Erkin xarajatlar
— birlamchi bo‘lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar.
Firma 
— tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona.
Firma faoliyatining samaradorligi
 —
uning muayyan davrda olgan foydasi 
miqdorining shu davrda sarflangan jami xarajatlari miqdoriga nisbati.
Firmaning nizom jamg‘armasi
— firma faoliyatini yuritish uchun uning 
tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va 
mablag‘lar.
Firmaning nizomi
 
— firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga soluvchi
huquqiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjat.
Firmaning ta’sis shartnomasi
— firma ta’sischilari o‘rtasida o‘zaro faoliyat 
yuritish bo‘yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
Fond birjalari

qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi 
vositachi tashkilot. 
Foyda
— korxonaning ma’lum vaqt davomidagi yalpi daromadi bilan umumiy 
xarajatlari orasidagi farq.
Foydaning nominal miqdori
— foydaning joriy narxlarda ifodalangan qiymati.
Foydaning real miqdori
— foydaning biror yildagi narxlarga nisbatan xarid 
qilish qiymati.
Friksion ishsizlik 

odamlarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga 
joylashayotgan paytda yuzaga keladigan ishsizlik.
Giperinflatsiya
— mamlakatda narx-navoning haddan tashqari (yiliga 50 
baravardan ham ko‘p) oshish jarayoni. 
Hududiy ixtisoslashuv
— sharoit, an’analar, mahalliy imkoniyatlar tufayli 
butun bir hudud mahsulotning biror turini ishlab chiqarishga moslashuvi.
Ijara haqi (renta) 
— 
birovning mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan 
haq.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin