Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

SOLIQNI HISOBLASH VA TO‘LASH
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinuvchi soliq davlat soliq idoralari 
tomonidan hisoblanadi. Imorat, bino va inshootlardan to‘lanadigan soliqlarning 
miqdori ularning har yil 1- yanvardagi qiymatiga asosan belgilanadi.
Imorat, binolar va inshootlarning egasi bir nechta bo‘lsa, ulardan to‘lanadigan 
soliq miqdori har bir odamning ulushiga qarab belgilanadi. Yangi qurilgan yoki 
sotib olingan binolarga soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi. 
Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘ini 
to‘lash ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan boshlab to‘xtatiladi. 
Meros bo‘lib qolgan mulkdan mol-mulk solig‘i, meros olingan paytdan 
boshlab to‘lanadi. Agar mulkning egasi almashsa, uning oldingi egasi joriy yilning
1- yanvaridan boshlab egalik huquqi yo‘qolgan paytgacha (oygacha) soliqni 
to‘laydi. Mulkning yangi egasi esa egalik huquqini olgan oydan boshlab to‘laydi.
Agar mulk egasi soliq to‘lashda ayrim imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini 
qo‘lga kiritsa, mol-mulk solig‘i o‘sha huquq vujudga kelgan oydan boshlab qayta 
hisoblanadi. 
Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqida to‘lov чxabarnomalari davlat soliq idoralari 
tomonidan to‘lovchilarga har yili 1- maydan kechiktirmay topshiriladi. 
Topshiriq
Fuqaro Akbarovning dala hovlisi qiymati 2014- yil 1- yanvarda davlat 
tomonidan 12500000 so‘m deb baholandi. Akbarov davlatga bu yil qancha 
mol-mulk solig‘i to‘laydi?


79
79
78
Buni yodda tuting!

Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘lgan nafaqaxo‘rlar uchun mol-
mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor uy-joy umumiy 
maydonining 60 kvadrat metri hajmida belgilanadi.

Soliqqa tortilishi shart bo‘lgan mol-mulk egasi mol-mulk solig‘i to‘lovchisi 
hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxsning soliqqa tortiladigan mol-mulki soliq solish 
obyekti bo‘ladi.

Soliqqa tortiladigan mol-mulkning qiymati har yili 1- yanvardagi holatiga 
ko‘ra hisoblanadi.
Mol-mulk solig‘i korxona mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan 
olinadi.
2014- yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ining stavkasi soliq solish bazasiga 
nisbatan 4 % miqdorida belgilangan. Ushbu soliq stavkasi korxona mulkining 
qayta baholangan qoldiq qiymatidan undiriladi.
1. Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq obyekti bo‘la oladi?
2. Egasi bir nechta bo‘lgan mulkdan qanday tartibda soliq olinadi?
3. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlari qanday? 
4. Merosxo‘rlar mol-mulk solig‘ini qachondan boshlab to‘laydilar?
5. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i obyekti nimalardan iborat bo‘lishi 
mumkin?
6. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i stavkalari qanday? Ularning 
turlicha ekanligini tushuntirib berishga harakat qiling. Nega yuridik shaxslar 
uchun mol-mulk solig‘i stavkasi jismoniy shaxslarnikidan yuqori? Fikringizni 
asoslab bering.
7. 2014- yil 1- yanvarda “Doniyor Fayz” firmasiga qarashli bino davlat tomonidan 
35 mln so‘m qilib belgilangan bo‘lsa, firma mazkur bino uchun bu yil qancha 
mol-mulk solig‘i to‘laydi?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin