77 77 76 16- MAVZU MOL-MULK SOLIG‘I 1. Rasmlar ichidan, sizning fikringizcha, mol-mulk solig‘i solsa bo‘ladigan
mulklarni ajratib ko‘rsating. Nima sababdan bunday tanlaganingizni tushuntirib
berishga harakat qiling.
2. Bino yoki inshoot mol-mulk solig‘i obyekti bo‘lishi uchun o‘z egasiga daromad
keltirishi shart, deb o‘ylaysizmi? Bu haqida mulohaza yuriting. O‘z fikringizni
sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling.
3. Mol-mulkdan olinadigan soliq stavkasini belgilashda nimalarni hisobga olish
lozim, deb o‘ylaysiz?
4. Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki bo‘la oladigan obyektlarga misollar
keltiring. Ularning farqini tushuntirishga harakat qiling.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG‘I Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham mol-mulk solig‘i to‘laydi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i obyekti quyidagilardan iborat:
• asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalar;
• nomoddiy aktivlar;
• tugallanmagan qurilish obyektlari;
• belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar.
JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG‘I Har qanday jismoniy shaxsning ma’lum miqdorda mol-mulki bo‘ladi. Qonunga
ko‘ra, mol-mulkidan soliq to‘lovchi shaxs
mol-mulk solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.
Jismoniy shaxsning mol-mulki esa
soliq solish obyekti bo‘ladi.
Soliq kodeksiga ko‘ra, mol-mulk solig‘i obyekti quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli
imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar va inshootlar.
2014- yili mamalakatimizda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk
solig‘i stavkasi mol-mulkning hisoblangan qiymatiga nisbatan 1,2 % miqdorida
belgilangan.