Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

77
77
76
16- MAVZU
MOL-MULK SOLIG‘I
1. Rasmlar ichidan, sizning fikringizcha, mol-mulk solig‘i solsa bo‘ladigan 
mulklarni ajratib ko‘rsating. Nima sababdan bunday tanlaganingizni tushuntirib 
berishga harakat qiling.
2. Bino yoki inshoot mol-mulk solig‘i obyekti bo‘lishi uchun o‘z egasiga daromad 
keltirishi shart, deb o‘ylaysizmi? Bu haqida mulohaza yuriting. O‘z fikringizni 
sinfdoshlaringiz bilan muhokama qiling.
3. Mol-mulkdan olinadigan soliq stavkasini belgilashda nimalarni hisobga olish 
lozim, deb o‘ylaysiz?
4. Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki bo‘la oladigan obyektlarga misollar 
keltiring. Ularning farqini tushuntirishga harakat qiling.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG‘I
Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham mol-mulk solig‘i to‘laydi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i obyekti quyidagilardan iborat:
• 
asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha 
olingan asosiy vositalar;
• 
nomoddiy aktivlar;
• 
tugallanmagan qurilish obyektlari;
• 
belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar.
JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG‘I
Har qanday jismoniy shaxsning ma’lum miqdorda mol-mulki bo‘ladi. Qonunga 
ko‘ra, mol-mulkidan soliq to‘lovchi shaxs 
mol-mulk solig‘i to‘lovchisi
hisoblanadi. 
Jismoniy shaxsning mol-mulki esa 
soliq solish obyekti
bo‘ladi. 
Soliq kodeksiga ko‘ra, mol-mulk solig‘i obyekti quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli 
imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar va inshootlar.
2014- yili mamalakatimizda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk 
solig‘i stavkasi mol-mulkning hisoblangan qiymatiga nisbatan 1,2 % miqdorida 
belgilangan.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin